TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
938
Photos
710
Videos
77
Links
904

Showing posts older than #1118 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1117 336
Ertaga kelilar albatta!
  • ❤ 1
Post #1116 189

Forwarded from ai mastava

Google «bizi yangi kodimizni 75%ni AI yozgan» deyapti, Anthropic «oxirgi ikkita productionga chiqargan loyihamiz sof «vibe code» qilingan» deyapti. Lekin sani mid-level developer tanishing «Ai hali kod yozolmaydi» deydi… U kishimdaqa yozolmaydimish. Baribir odamdaqa yozolmaydimish…

😄

@aimastava
  • 😁 2
Post #1115 106

Forwarded from UzGeeks Community

25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.


Barchangizni kutamiz.

@UzGeeksCommunity
  • ❤ 1
Post #1114 271

Forwarded from 🔒 1% Premium

Hamma sun’iy intellekt haqida eshitgan, lekin real hayotda amalda biznesiga integratsiya qilgan, yoki u orqali pul topayotganlar deyarli yo’q.

Ko’plab kompaniyalarga Suniy intellekt borasida konsultatsiyalar (oylik va kunlik) o’tkazdim.

Praktik konsultatsiyalarim natijasidagi o’zgarishlarni ko’rib o’zimda ishonch hosil bo’ldi. Insonlarga va bizneslarga nimadir bera olar ekanman.

Qisqasi, offline amaliy kurs qilmoqchiman. Ancha qismi tayyor. Tahminan 50 tacha odamni mo’ljal qilyapman xolos.

2 oylik kurs bo’ladi. Tahminan 20-25 soatlik. Faqat sun’iy intellekt va u orqali maxsulot yaratish, ma’lumot olish, biznesga integratsiyas hamda amalda qo’llash bo’yicha.

Kunini shu yerda birinchi sizlarga e’lon qilaman. Va albatta maxsus taklif bilan.

Fikrlaring qiziq. Kommentlarda yozinglar.
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #1112 99

Forwarded from UzGeeks Community

🟦🟦🟦

“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!

⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.

🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.

➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1. Startupni bozorga testlash, GTM da marketing usullari - Abduroziqov Safarmurod (AURA Digital, CEO)

2. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI - Senior Product manager)

3. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)

4. Sun'iy intellekt sizning ishingizni oladimi yoki yo'qmi? - Ozodbek Ulmasov (Zarela.ai , CTO)

5. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO)

6. SI davrida Shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash - Saidolim Djuraev (Moneff, CTO)

7. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)

8. Sunʼiy intellekt - Ertaga Kech! - Anvar Narzullaev (Mohirdev, CEO)

Mavzular yana to'ldirilmoqda.


✅Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00.

❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com

@UzGeeksCommunity
  • 🤝 1
Post #1110 511
Post #1108 512
Shunga birinchi bo'lib ingliz tlini o'rganamiz!
  • 🤣 6
  • 👍 4
Post #1107 238

Forwarded from UzGeeks Community

🟦🟦🟦

“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!

⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.

🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.

➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager)
2. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)
3. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO)
4. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)


Mavzular yana to'ldirilmoqda.


✅Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00.

❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com

@UzGeeksCommunity
Post #1106 280

Forwarded from Khamidulla Inoyatov

Boshida Claude Code menga juda yoqdi.

Bir laxzaga bu yechimdek tuyuldi: zerikarli ishlarni AI ga beraman, o‘zim esa arxitektura, qarorlar va haqiqiy engineering bilan shug‘ullanaman. Ishlash tezlashadi. Kamroq charchoq. Yaxshiroq natija.

Keyin esa reallik o’zini ko’rsatdi.

Claude Code qat’iy process bo‘yicha ishlaydigan tizim emas. Ba’zida qadam tashlab ketadi. Ba’zida taxmin qiladi. Eng qiyini xatolar emas, balki oldindan bilib bo‘lmaydigan natija. Men undan (deterministic) narsa kutgandim, lekin u unday ishlamaydi.

Hozir yana biroz optimistikman, faqat endi kutgan narsam boshqacha.

Claude Code workflow engine emas. U (probabilistic) yordamchi: ba’zida qoyil qoldiradi, ba’zida asabni buzadi, lekin baribir foydali. Masala uning fikrini to‘liq boshqarishda emas, balki atrofiga guardrail qo‘yib, kuchli joyida ishlatishda ekan.

Kamroq sehr. Ko‘proq chegara. Yaxshiroq natija.

@khamidulla_inoyatov
  • 👍 6
Post #1104 375
Aytdimku =)
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🤨 1
Post #1101 221

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma

Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda IT-direktorlarni, texnik mutaxassislarni va biznes rahbarlarini yopiq formatdagi «IT-palov» biznes-kechki ovqatiga taklif etadi. Ekspertlar axborot xavfsizligining dolzarb masalalari va bulutda xavfsiz infratuzilma qurish yoʻllarini muhokama qiladilar.

➡️ Havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://srv.cr/s767r

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qilishlari mumkin:

▪️ Servercore bulutida Fintech-kompaniyalar uchun xavfsiz infratuzilma yaratish
▪️ Bulutga koʻchish va miqyosni kengaytirishning amaliy tajribasi (Air Samarkand keysi misolida)
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlarning imkoniyatlari

Rasmiy qismdan soʻng — IT-palov Networking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda norasmiy muloqot, bozordagi hamkasblar bilan tajriba almashish va mazali kechki ovqat.

⚠️ Oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul, biroq faqat Servercore menejerlari tomonidan tasdiqlanganidan (moderatsiyadan oʻtganidan) soʻnggina ruxsat etiladi.
  • 👍 1
Post #1098 371

Forwarded from Janob Musayev | Engineering Life

Saud Abdulwahed Dasturchi jamoalar orasida hali ham classic uslubda ishlayotganlarni ko'rayapman. Setupdan tortib coding amaliyotlari va yoki CI/CD.
AI Agentlar - kelajak (yoki allaqachon bugun)

LLM chat botlar (ChatGPT masalan) dasturlash sohasida ko'p narsani o'zgartirmagan bo'lishi mumkin, lekin AI agentlar, MCP serverlar juda sezilarli ta'sir qildi (Anthropic sharofati bilan).

Oxirgi 1 oyda qilayotgan ishim agentlarni boshqarish va ularni to'g'ri MCP serverlarga ulash bo'lyapti, kod yozish emas. Hattoki, ishdagi ticketlarni yoki PR izohlarini ham VS Code ichidan chiqmasdan yopyapman.

Boshqa tomondan endigina maktabni bitirgan va kod yozishda unchalik ham zo'r tajribasi yo'q yoshlar AI agentlar bilan meni ham xayron qoldirayotgan avtomatizatsiya proektlarini qilib tashlashyapti.

Kimlardir uchun "o'tgan zamon" uslubida kod yozish nostalgiya yoki yagona to'g'ri yo'l bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin omochni kombayn bilan almashtirish va kombaynni boshqarishni o'rganish vaqti kelganini tan olishimiz kerak. Aks holda tabiiy tanlanish qurboniga aylanish mumkin :)

AI agentlar faqat dasturlash uchungina emas, hamma sohalar uchun "game changer"

#AI #agentic_engineering_life

@Janob_Musayev
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →