AI Agentlar - kelajak (yoki allaqachon bugun)
LLM chat botlar (ChatGPT masalan) dasturlash sohasida ko'p narsani o'zgartirmagan bo'lishi mumkin, lekin AI agentlar, MCP serverlar juda sezilarli ta'sir qildi (Anthropic sharofati bilan).
Oxirgi 1 oyda qilayotgan ishim agentlarni boshqarish va ularni to'g'ri MCP serverlarga ulash bo'lyapti, kod yozish emas. Hattoki, ishdagi ticketlarni yoki PR izohlarini ham VS Code ichidan chiqmasdan yopyapman.
Boshqa tomondan endigina maktabni bitirgan va kod yozishda unchalik ham zo'r tajribasi yo'q yoshlar AI agentlar bilan meni ham xayron qoldirayotgan avtomatizatsiya proektlarini qilib tashlashyapti.
Kimlardir uchun "o'tgan zamon" uslubida kod yozish nostalgiya yoki yagona to'g'ri yo'l bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin omochni kombayn bilan almashtirish va kombaynni boshqarishni o'rganish vaqti kelganini tan olishimiz kerak. Aks holda tabiiy tanlanish qurboniga aylanish mumkin :)
AI agentlar faqat dasturlash uchungina emas, hamma sohalar uchun "game changer"
#AI #agentic_engineering_life
@Janob_Musayev
Post #1098
371
Forwarded from Janob Musayev | Engineering Life
Saud Abdulwahed Dasturchi jamoalar orasida hali ham classic uslubda ishlayotganlarni ko'rayapman. Setupdan tortib coding amaliyotlari va yoki CI/CD.
- 🔥 1