TGViewer
Channel Public Channel
Janob Musayev | Engineering Life

Janob Musayev | Engineering Life

@janob_musayev

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta

- Dasturiy Muhandislik va Arxitektura
- Raqamli Transformatsiya
- Biznes tahlil
- Product va Project Management
- UX va CustDev
- Marketing
- StartUp

Start Something Priceless!
Subscribers
1.8K
Photos
84
Videos
46
Links
129
Recent Posts 18 shown
Post #387 566
Nima deb o'ylaysizlar Microsoft to'g'ri kelarmikun yoki hali ozroq ertamikuna investorlarga ko'rsatishga? 😦

#startup_life #microsoft_life

@JanobMusayev
  • 😁 11
Post #386 749
MentorGO 💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga! Bugungi sessiyamizda Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida DAAD grantini qo‘lga kiritgan Mavludabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova bilan suhbatlashamiz. Suhbat davomida:…
Men o'zim mezbon sifatida olib boraman
  • 🔥 2
Post #385 658

Forwarded from MentorGO

💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga!

Bugungi sessiyamizda Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida DAAD grantini qo‘lga kiritgan Mavludabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova bilan suhbatlashamiz.

Suhbat davomida:
— Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida Germaniyada o‘qish tajribasi
— IT sohasida o‘qish va rivojlanish uchun qanday imkoniyatlardan foydalanish mumkinligi
— DAADga olib kelgan tajriba va tanlovlar haqida g‘olibalarning shaxsiy fikrlari
— IT yo‘nalishidagi nomzodlar uchun ariza va hujjatlarda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

🗓 26-sentabr, shanba | 21:00
📍 Maxsus Telegram kanalida
💰 Bepul ishtirok

🔔 Hali yopiq guruhga qo‘shilmagan bo‘lsangiz, guruhga qo‘shilib oling va bugungi masterklassni o‘tkazib yubormang.

👉 Masterklassga qo‘shilish

#magistratura #daad #computerscience #it #grant

MentorGO | GrantGO | EventGO
  • 👍 2
Post #384 1.44K
Uydagi yangi babyproof ofisim bilan tanishing.

@Janob_Musayev
  • 😁 58
  • 🤣 39
  • 👍 4
Post #383 1.81K
Janob Musayev | Engineering Life Ishga qaytsam kim ko'proq AI ishlatayotganini o'lchash yo'lga qo'yilibdi. Ishlatilgan tokenlar soni bilan! Bir vaqtlar qaysidir kompaniyalar dasturchilarga oylikni necha qator kod yozgani bo'yicha to'lagani esimga tushib ketdi. Shunda oddiy ishlar uchun…
Microsoft ishchilarga AI ishlatish xarajatlariga cheklov e'lon qildi

Oldinroq ishda xodimlar AI dan qanchalik foydalanayotganini o'lchash yo'lga qo'yilganini aytgandim. Boshida bu narsa huddi "Qani kim AI ishlatmayapti? Ko'proq AI ishlatinglar!" ohangida yangragandi.

Bugun qarasam token ishlatish umumiy xarajatiga oylik cheklov qo'yilibdi. Faqat shunchaki nechta token ishlatganlik emas, qaysi provayder (Anthropic, OpenAI, Ichki modellar) ham hisobga olinar ekan.

Sonlarni tahlil qila turib o'zim ishlatgan davrda Anthropic Opus modeli va OpenAI Sol modelida deyarli bir xil token ishlatganim, lekin Anthropic uchun xarajat 6 baravarga ko'proq (!) bo'lganini sezib qoldim. Demak, buyog'iga "shoh asar"dan "quyosh" tomonga qarab yurar ekanmiz.

"O'zi limit qancha ekan?" deb qidirib ko'rsam oylik limit mening yillik maoshimdan ko'proq ekan 😐

Bizda shunaqa gaplar :)

#microsoft_life

@Janob_Musayev
  • 😁 25
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #382 1.86K
Vayb-koderlar AI ga nima qilishni buyuradi. Muhandislar esa unga nimalar qilmaslik bo'yicha aniq chegaralar qo'yadi.


Ishdagi bilim ulashish sessiyalaridan biridagi Principal Engineer tomonidan bildirilgan fikr.

#engineering_life #AI #microsoft_life

@Janob_Musayev
  • 👍 22
  • ❤ 6
Post #381 2.44K
Agar xizmat yoki mahsulot narxi qandaydir devorlar ortiga berkitilgan bo'lsa va uni ko'rish uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni qaysidir tizimda doimiy qoldirishdan boshqa yo'l yo'q bo'lsa, unda bu narx adolat bilan qo'yilgan narx emas.

#startup_life

@Janob_Musayev
  • 👍 25
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #378 2.05K
Timeweb rahmat

GrantGO, MentorGO va EventGO loyihalari saytlari ishga tushgandan beri server provayder sifatida TimeWebni ishlatib kelamiz. Servisi zo'r ishlaydi. Admin panel zamonaviy ko'rinishda va juda qulay. Narxlari ham judayam arzon, tahminan oyiga $10-15 (edi).

O'tgan 5 yil ichida deyarli uzilish bo'lmadi. Bo'lganda ham bizga ta'sir qiladigan darajada emasdi. Narxlarida ozroq o'zgarish bo'lganda ham boshqa bunday servis topish qiyinligi va serverni ko'chirish o'zi katta bosh og'riqligi sabab uni o'zgartirmay keldik.

Afsuski, tentak chol o'z manfaati uchun boshlagan urush shu yerga ham ta'sir qildi. 2022-yil o'rtalarida xorij kartalaridan to'lov qilish muammoga aylandi. Ammo oradan 2-3 oy o'tmasdan avvaliga Arabiston keyinroq Qozog'iston to'lov tizimi orqali to'lov qilish imkoniyatini qo'shishdi. Konversiyadan yana ozroq yutqazdik. Rubl o'ynashi ta'sir qilishni boshladi. Xarajatlarimiz oyiga $20 ga yaqinlashib qoldi.

Shunda ham shu yilgacha servisdan sodiqlik va mamnun holda foydalanib keldik. Toki sun'iy intellekt APIlariga zarurat tug'ilguncha. Lokal kompyuterda ishlab turgan Anthropic va Google APIlari serverga joylanganda "Bu hududdan bizga so'rov yuborish taqiqlangan" degan xato ko'rsatdi. O'ylaganimdek Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar ta'siri ekan.

Qizig'i Timeweb bu paytgacha allaqachon bu tizimlarga o'zining Gateway xizmatini ishga ham tushirib ham ulguribdi. Lekin bu gateway orqali AI xizmatlariga murojaat qilish ancha qimmatroq hisoblanadi. Masalan, Sonnet 4.6 modeliga $3-$15 o'rniga rublda tahminan ~$5-$26ga teng qilib narx qo'yilgan.

Shundan keyin serverni Timeweb ichida Rossiyadan Niderlandiyaga ko'chirib o'tkazishga qaror qildik. Lekin u serverlarni katta ehtimol bilan o'zlari ham kimdandir ijaraga olishgani sababli oxirgi oyda bir oyga $33 to'lashga to'g'ri keldi.

Eng qizig'i 5 yil davomida muammosiz ishlagan xizmat aynan o'tgan oyda aynan Niderlandiyadagi serverlar qizib ketishi natijasida 2 kunga o'chib qoldi. Qo'shimcha kulerlar o'rnatish ham ancha cho'zildi.

Shundan keyin yakuniy qarorga keldik — serverni boshqa provayderga ko'chiramiz.

Ish ancha qiyin bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin Claudening tan-joni sog' bo'lsin migratsiya rejasini tuzib, konteynerlarni yangilab, skriptlarigacha yozib berdi. Qo'shimchasiga SSH orqali ulagandim serverdagi xatoliklarni ham o'zi tahlil qilib konteynerlar sozlamalarini to'g'irlab ham chiqdi. Tahminan 4-5 soat aktiv vaqt sarflab bugun serverlarni yangi joyga ko'chirdik.

Timewebdagi serverimiz yana tahminan bir hafta, pulimiz tugaguncha turib turadi. Shundan keyin u bilan to'liq xayrlashamiz. Ammo yuqori darajadagi sifatli servis va 5 yillik hamkorlik uchun Timewebga rahmat aytmoqchiman.

#grantgo #mentorgo

@Janob_Musayev
  • 👍 16
  • ❤ 4
Post #377 1.69K
Zubayr har safar uydagi muzaltgich oldidan o'tganda shu magnitga qarab talpinadi.

Irlandiyada tug'ilgan bo'lsa ham qalban O'zbekistonlik baribir 🇺🇿

#polvon

@Janob_Musayev
  • 👍 32
  • ❤ 18
  • 💯 4
Post #376 1.64K
Paiziev24 Startap asoschisi sifatida sizda faqat ikki yo‘l bor
Ikki yo'ldan birini tanlash

Qachon gap faqatgina 2 ta yo'ldan birini tanlash haqida ketganda odatda ularning o'rtasida ham yo'l bo'ladi. Aslida bitta emas ko'plab yo'llar bo'ladi.

Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi postlar, qisqa qo'llanmalarda narsalarni faqat oq-qora tarzda ko'rsatish ancha osonroq. Bu bilan jarayonni aslidagidan ko'ra ancha sodda qilib ko'rsatish mumkin. To'g'rida, kim ham murakkablikni yoqtirardi?! (Ayniqsa ijtimoiy tarmoqda)

Boshqa tomondan odamlarga faqat 2 ta yo'l borligini aytsangiz, albatta sizga qarshi bo'lganlar topiladi va postingizga izoh yozishadi. Siz aytgan fikrga qo'shilmaganlar sizga izoh bildirish ehtimoli qo'shilgan fikr bildirishidan ancha balandroq. Post esa trendga chiqishi osonroq.


To'g'ri yo'l nima?

To'g'ri yo'l - shunday fikr bor ekanini bilish va hisobga olish ammo o'zingizning yo'lingizda davom etish. Onamning taʼbiri bilan aytganda "Xo'p deginda o'z bilganingni qil"

Ayniqsa, startap asoschisi uchun eng to'g'ri ish — bu ijtimoiy tarmoqda o'tirishdan startapi ustida ishlash.

Noto'g'riroq yo'l bilan bo'lsa ham bozorga chiqqan startap, faqatgina ideal rejalarda qolib ketganidan doim yaxshiroq


P.S: Yuqoridagi gaplarim Akmal akaga qaratilgan emas. U bu narsani o'zi ham juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham o'zi izohda aytganidek o'rtadagi yo'ldan ketishda davom etyapti :)

#startup_life

@Janob_Musayev
  • 👍 5
Post #374 1.75K
Birinchi rasmdagidek mashinalar ishlab chiqishdan ikkinchi rasmdagiga yetib kelish uchun qanchalik ahmoq bo'lish kerakligini hech tushunmayman.

Tarixdagi eng iconic bo'lgan logotiplardan birini ham o'ldirishdi.

#off_topic #cars #jaguar

@Janob_Musayev
  • 💯 8
  • 👍 3
  • 🗿 2
Post #373 2.06K
ai mastava GPT-5.6 faqat kod yoki matn yaratmaydi, balki natijani o‘zi tekshiradi, kamchiliklarini topadi va yakuniy ko‘rinishini yaxshilaydi.
Darsliklarga kirishga arziydigan kompaniya

Bir yil, atigi bir yil oldin ham AI desa ko'pchilik ChatGPTni tushunardi. Huddi internet desa odamlar Googleni tushunganidek.

Lekin hozirga kelib hamma AI kompaniyalar bir kompaniya ortidan quvishga urinyapti, ular qilgan ishni o'ylab ham o'tirmay ko'chiryapti, ular yaratgan protokollardan foydalanyapti. AI sanoati standartini ular belgilab beryapti. Albatta, bu kompaniya — Anthropic (Claude)

OpenAI ChatGPT orqali Generative AIga hammani qiziqtira oldi, ammo Anthropic Claude bilan uni kuchaytirilgan chatbotdan haqiqiy foydali yordamchiga aylantirdi.

Shubhasiz, darsliklarga kirishga arziydigan ish qila olishdi.

#AI

@Janob_Musayev
  • ❤ 13
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 😁 2
  • ✍ 1
Post #372 1.83K
Boshqaruvchiga G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi. Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi. Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.
Raqamlashtirish — bu faqat texnologiya olib kirish emas

Biznes yoki tashkilotlar ishini raqamlashtirish (digital transformation) deganda ko'pchilik u yerga yangi texnologiyalar olib kirish, saytlar qurish, ERP, CRM ishlatishni tushunadi. Lekin raqamlashtirish faqat texnologiyadan iborat jarayon emas. Texnologiya ishning ko'pi bilan 3 dan 1 qismi.

Yuqoridagi postda esa uning yana bir qismi haqida aytib o'tilgan — jamoa yoki xodimlar tayyorgarligi. Biznes jarayonlariga qandaydir yangi texnologiya yoki dastgohingiz olib kirishdan oldin albatta jamoa unga tayyor bo'lishi yoki qanday tayyorlanishi rejasi bo'lishi shart. Busiz minglab dollar sarflab sotib olgan CRM tizimingiz yoki dastgohingiz bir chekkada chang bosib yotadi yoki to'liq kuchi bilan ishlamaydi va o'zini oqlamaydi.

Ammo jamoa tayyorligi va texnologiya birgalikda ham biznes jarayonlarini to'g'ri tarzda raqamlashtirish uchun yetarli emas. Ular uzog'i bilan ishning 2 dan 3 qismi.

Ko'p hollarda e'tibordan chetda qoladigan va deyarli hech kim gapirmaydigan ishning 3-bo'lagi va aytishim mumkinki, eng muhim qismi — bu biznes jarayonining o'zi qanchalik raqamlashtirishga tayyor ekani. Biznes yoki tashkilot ishlash tizimi, ularning tashqi bog'liklari, yetkazib berish zanjiri raqamlashtirishga tayyor emas ekan, yuqoridagi 2 ta qism ham ko'zlangan natijaga olib bormaydi.

Masalan, aytaylik siz poyabzal ishlab chiqarish zavodingizga yangi turdagi dastgoh olib kelib hajmni 5 baravarga oshirmoqchisiz. Ammo sizga mahsulot yetkazib beradigan ta'minotchi bu hajmga tayyor bo'lmasa, yetkazib berish doimiy kechiksa yoki siz o'zingiz tayyor mahsulotni bozorga vaqtida yetkazib bera olmasangiz, bu o'zgarishdan siz katta zarar ko'rishingiz mumkin.

Yoki qaysidir tashkilot o'z buxgalteriyasi uchun 1C kabi dasturlar qo'llashni boshlamoqchi, hamma hisob-kitoblar ochiq bo'lishini xohlaydi, ammo qaysidir boshqaruvchi buni "qandaydir" sababga ko'ra xohlamasa u shunchaki xodimlarga uni ishlatishga qo'ymaydi. Yoki eng kamida kutilganidek ishlatishga bermaydi. Natijada, ish shunchaki qog'ozdan 1C yoki Excelga o'tadi, ammo asl maqsad bo'lgan ochiqlik ta'minlanmay qolib ketaveradi.

Shu sababli ham biznesni raqamlashtirish 3 ta muhim elementdan unga tayyorligidan iborat: texnologiya, odamlar va jarayon.

#digital_transformation

@Janob_Musayev
  • 👍 8
  • ❤ 3
Post #370 2.16K
Claude Code limiti uchun kichik "hack"

Claude Codedan foydalanib ko'rganlar biladiki uning 5 soatlik limiti tugab qolishi oson. Ayniqsa, kuchliroq modellar ishlatilganda.

Yashirin muammo

Lekin bu yerda muammo faqat limit ozligida emas, uning hisoblanishi qachon boshlanishida ham. Claude bu yerda rolling window usulidan foydalanadi.

Masalan, agar siz 9:00 dan kelib ish boshlasangiz, limitingiz 9:00 da boshlanadi va 14:00 gacha yetmasligi mumkin. Undan keyingi limitni oxirgacha yetkazish uchun esa 19:00 gacha ishda qolib ketib qolishingiz mumkin.

Agar shu rolling emas, fixed window bo'lib har kuni 6:00 yoki 7:00 dan boshlanganda edi, sizda kun davomida 2 ta emas, 3 ta window bo'lardi. Ishdan ham 16-17:00 oralig'ida bemalol bo'shar edingiz.


Yechim — Hack

Yaqinda bilib qoldimki, Claude limitini har kuni aniq vaqtda boshlashning yo'li oson ekan.

Buning uchun Cowork qismida har kuni ertalab o'zingizga ma'qul vaqtda ishlaydigan Scheduled Job yaratasiz. U judayam oddiy bo'lishi mumkin. Masalan, shahringizdagi bugungi havo harorati haqida ma'lumot berish yoki kunlik yangiliklar. Uni ishlatishda eng yengil Haiku modelini ishlatasiz.

Shunda sizda limit har kuni shu job ishga tushgandanoq boshlanadi. Ertalab 8-9 da ishga kelganingizda tushlikkacha ishlatishingiz uchun ko'proq limit bo'ladi.

Huddi shunday joblardan kun davomida 12:00 va 17:00 ga ham qo'yib qo'ysangiz bo'ladi.


Kamchilik

Agar yuqoridagi usulda har 5 soatlik limitingizni 100% ishlatsangiz, haftalik limitingiz bir haftaga qolmasdan tugab qolishi mumkin. Ammo hammasini ishlatmasangiz hech narsadan yutqazmaysiz.


Foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham yetkazib qo'yarsiz :)

#Claude #AI #tips

@Janob_Musayev
  • 👍 33
  • 🔥 6
  • ✍ 2
  • ❤ 2
  • 👨‍💻 1
Post #368 1.97K
Kod hech qachon aldamaydi

Ishda koddagi deyarli hamma o'zgarishlar SI bilan qilinayotgani yoqmayotgan bir joyi hamma yerda ortiqcha kod izohlari ko'payib ketgani.

PRlarda bir qator o'zgarishga ham 5 qator izoh yozilyapti. Haqiqiy kodni o'qish qiyinlashib ketyapti.

Linus akaning 26 yil oldin aytgan gaplarini qayta trendga chiqarish kerak bo'lgan zamondamiz.

#engineering_life

@Janob_Musayev
  • 👍 13
  • 💯 4
Post #367 1.68K
Bugun dam olish kuni oilam bilan aylangani chiqdik.

Ketishdan oldin Claudega 4-5 ta ishni qator qilib tayinlab, har biriga "Savol so'ramasdan bajar" deb qo'shib, elevated rejimga qo'yib keldim. Eng muhimi "Make no mistakes!" deb tayinladim.

Uyga borgandan keyin qilgan ishlarini tekshirib olaman. Yaxshi qilmagan bo'lsa gap eshitadi :)

@Janob_Musayev
  • 😁 51
  • ❤ 5
Older posts →

About this channel

How can I read @janob_musayev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Janob Musayev | Engineering Life: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Janob Musayev | Engineering Life have?
Janob Musayev | Engineering Life (@janob_musayev) has 1.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Janob Musayev | Engineering Life know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →