“AI dasturchilarni almashtiradimi?” degan savolni berishni to‘xtatish kerak chunki bu allaqachon reallikka aylandi.
So’ngi haftada nima bo‘lganiga bir nazar soling.
Cisco 3500 dan ko’proq ish o‘rnini qisqartiryapti. Lekin shu bilan birga kompaniya AI infratuzilmasi bo‘yicha kutilayotgan buyurtmalarini 9 milliard dollargacha oshirdi. (Karl 9 milliard) Signal juda aniq: eski tech ish o’rnilari qisqaryapti, pul esa chiplar, optika, xavfsizlik va AI infratuzilmasiga sariflanayapti. (
reuters.com)
GitLab o‘zining “Act 2” yo‘nalishini e’lon qildi. Ularning aytishicha, kelajakda software’ni mashinalar quradi, odamlar esa yo‘nalish beradi. Agentlar reja tuzadi, kod yozadi, review qiladi, deploy qiladi va muammolarni tuzatadi. Odamlarda esa arxitektura, qaror qabul qilish, trade-off’larni ko‘rish va mijoz muammosini tushunish qoladi. (
about.gitlab.com)
Anthropic’ning Mythos modeli banklarni boshqa reallikka olib kirdi. AQSh banklari AI yordamida xavfsizlikka bog’liq muammolarni topib, ularni tezroq yopishga majbur qilyapti. Yevropa regulatorlari esa banklarni AI yordamidagi kiberhujumlarga tayyor bo‘lishga chaqiryapti. (
reuters.com)
Mana asosiy pattern:
AI faqat chatbot emas.AI faqat coding assistant emas.AI faqat productivity tool emas.
AI infratuzilmaga aylanmoqda.
U security operations, data center’lar, cloud shartnomalari, networking, CI/CD, robotics, chiplar, optika va enterprise workflow’larga kirib boryapti.
Dasturchilar uchun xulosa yaxshi emas.
Faqat prompt yozishni o‘rganish yetmaydi.
Murakkab System’larni (tizimlarni) tushunish bilish kerak.
Kiberxafsizlikni tushunish kerak.
Networking, cloud, automation, architecture va software production’ga qanday chiqishini tushunish kerak.
Chunki keyingi AI to‘lqini kulgili chatbot demo ko‘rinishida kelmaydi. Ai asosida yasalgan mem rasimlar yoki mem videolar da ham emas.
- U AI topgan xafsizlik bog’liq muammolar sabab bank tezroq code ga o’zgartirishlar qilayotganida ko‘rinadi.
- U eski ish o’rninlarini qisqartirib, AI infratuzilmasidan milliardlab dollar buyurtma olayotgan networking kompaniyasida ko‘rinadi.
- U o‘zini agentlar atrofida qayta qurayotgan developer platformalarda ko‘rinadi.
Chatbotlar AI’ning faqat boshlanishi edi.
Asosiy o‘zgarish endi sahna ortida — serverlar, bank tizimlari, xavfsizlik, cloud, networking va production infratuzilmasida bo‘lyapti.
Agar AI dunyosida raqobatbardosh bo‘lishni istasangiz, bu postga layk bosing va do‘stlaringiz bilan ulashing. Agar post 30 ta like eg’sa keyingi postda researchga asoslangan fikrimni sizlar bilan bo‘lishaman.