TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
938
Photos
713
Videos
77
Links
905

Showing posts older than #1097 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1096 201

Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥

Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi Linus Torvalds va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi.


✅ AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi.
❌ "AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi.
👤 Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi.

Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 💯 2
Post #1095 349
Post #1093 413
12 soatdan keyin ham multitasking…
Lekin bunaqa ishlashni tavsiya qilmayman. Bir bir ilhom keganda bossa boʻladigan lekin ))))
Buni kayfi boshqacha….
  • 🔥 8
  • 👍 7
Post #1092 286

Forwarded from Khumoyun Codes

Sizni 23-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yandex Uzbekistan Dev Meetup’da kutib qolamiz ➡️

Dasturchilarni Yandex Uzbekistan’ning IT-ofisiga oflayn uchrashuvga taklif etamiz. Mahsulotlar qanday yaratilishi, ular ortida qanday yechimlar turishi va sanoatda qanday o‘sish mumkinligini muhokama qilamiz. Tadbir ingliz tilida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting!

Dasturda:
➡️ Kostya Dovnar sekin tarmoqlarda Yandex Pro ishini qanday o‘rganganlari va hamma narsa tezroq va barqarorroq ishlashi uchun qanday yechimlarni joriy etganlari haqida so‘zlab beradi.

➡️ Lesha Tolstikov qiziquvchanlikni qanday saqlab qolish, avtomatlashtirishda adashib qolmaslik va nima uchun altruizm ham ta’lim, ham o‘qitishning muhim qismiga aylanib borayotgani haqida so‘zlab beradi.

➡️ Live Coding — ishtirokchilar haqiqiy vazifani tahlil qiladilar, modelni ishga tushiradilar va birgalikda u kapot ostida nima qilayotganini tushunib oladilar.

➡️ O‘z rezyumengizni qanday yaxshilash va tajribangizni xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun qanday taqdim etishni muhokama qilamiz. Yandex’da dasturchi lavozimi uchun suhbat qanday o‘tishini, har bir bosqichda nimalarni kutish mumkinligini tahlil qilamiz va undan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradigan amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.


@khumoyun_codes
  • 👍 1
Post #1087 410

Forwarded from Janob Panda

Yandex Coding and Math Contest 2026

Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun dasturlash va matematika tanlovi.

Ishtirokchilar ingliz tilida olympiada darajasidagi algoritmik va matematik vazifalarni yechishadi.

Sizni nimalar kutmoqda:

— Kuchli ishtirokchilar bilan tanishish
— Har bir bosqichda 8–10 ta dasturlash va matematika vazifalari
— Yandex nazariga tushish
— Tanlov tili: ingliz tili

Gʻoliblar nimalarga ega boʻladi:
— Yandex'dan maxsus sovrinlar
— Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track
— Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati

Roʻyxatdan oʻtish 2026-yil 25-aprelgacha ochiq.

🔗 Ariza topshirish

Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.
Reklama kontenti.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 👍 1
Post #1085 414

Forwarded from Far·hod·jon

Claude Mythos Preview

Birinchidan, juda hayron qoladigan trend: Anthropic har ikki oyda oldingisidan yaxshiroq model chiqaryapti. Noyabr oxirida Opus 4.5 chiqqandi. Keyin fevralda 4.6 chiqdi. Yangi Mythos modeli aprelda “chiqyapti.”

Boshqa modellardan farqli ravishda, bu model maxsus va birinchi o’rinda dunyoga katta ta’sir qiladigan kompaniyalar va mahsulotlar uchun ishlatiladi. Buning uchun Project Glasswing bir qancha katta kompaniyalarni birlashtirgan: Apple, AWS, Cisco, Google, Linux Foundation, Microsoft, Nvidia va hokazo. Bunaqa jamoani yig’ish uchun model o’ta ishonarli bo’lishi kerak.

Anthropic aytishicha, Mythos kiberxavfsizlik bo’yicha zaifliklarni topishga usta:
• FreeBSD tizimidagi 27 yillik muammoni topgan
• 16-yillik xato esa FFmpeg kodida chiqqan
• brauzer va operatsion tizim sandbox’idan chiqolgan.

Bunaqa juda kuchli model, albatta, turli ochiq kodli tizimlardan xatolarni topib ulardan foydalanish imkoniyatini ham beradi. Shuning uchun, modelni ishlatishga cheklov bor: keng tarqalgan tizimlar va dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarga berilyapti.

Menimcha, Mythos’ning chopilgan versiyasi Opus sifatida keyinroq chiqariladi.
  • 🔥 4
  • 👍 1
Post #1083 358
Post #1077 310

Forwarded from Far·hod·jon

Agar Claude Code yoki Codex uchun tokenlarni ancha tejaydigan rejim kerak bo’lsa, ularni g’or odamiga o’xshab gapirtiradigan skill/plugin bor. Tokenlarni 75% tejarkan.

Manavinaqa uzuuuun javob o’rniga:
Sure! I'd be happy to help you with that. The issue you're experiencing is most likely caused by your authentication middleware not properly validating the token expiry. Let me take a look and suggest a fix.


bunaqa lo’nda javob beradi:
Bug in auth middleware. Token expiry check use < not <=. Fix:


Tosh asriga bu yerda qaytamiz:

https://github.com/JuliusBrussee/caveman
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →