TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 938 subscribers
Post #1085 414

Forwarded from Far·hod·jon

Claude Mythos Preview

Birinchidan, juda hayron qoladigan trend: Anthropic har ikki oyda oldingisidan yaxshiroq model chiqaryapti. Noyabr oxirida Opus 4.5 chiqqandi. Keyin fevralda 4.6 chiqdi. Yangi Mythos modeli aprelda “chiqyapti.”

Boshqa modellardan farqli ravishda, bu model maxsus va birinchi o’rinda dunyoga katta ta’sir qiladigan kompaniyalar va mahsulotlar uchun ishlatiladi. Buning uchun Project Glasswing bir qancha katta kompaniyalarni birlashtirgan: Apple, AWS, Cisco, Google, Linux Foundation, Microsoft, Nvidia va hokazo. Bunaqa jamoani yig’ish uchun model o’ta ishonarli bo’lishi kerak.

Anthropic aytishicha, Mythos kiberxavfsizlik bo’yicha zaifliklarni topishga usta:
• FreeBSD tizimidagi 27 yillik muammoni topgan
• 16-yillik xato esa FFmpeg kodida chiqqan
• brauzer va operatsion tizim sandbox’idan chiqolgan.

Bunaqa juda kuchli model, albatta, turli ochiq kodli tizimlardan xatolarni topib ulardan foydalanish imkoniyatini ham beradi. Shuning uchun, modelni ishlatishga cheklov bor: keng tarqalgan tizimlar va dasturlar ishlab chiqaradigan kompaniyalarga berilyapti.

Menimcha, Mythos’ning chopilgan versiyasi Opus sifatida keyinroq chiqariladi.
  • 🔥 4
  • 👍 1
More from @pro_aim
  1. Oct 11, 2026photo post
  2. Oct 11, 2026"Software is dead" deydi levelsio 😄 Endi hamma o'ziga kerakli software'ni AI bilan o'zi y…
  3. Oct 11, 20263D print zakazlar keldi.
  4. Oct 11, 2026Harness nima ekanini 24 daqiqada tushuntirib beradigan yaxshi video ekan. Claude Code va C…
  5. Oct 11, 2026RAG noto'g'ri javob bersa, ko'pincha LLM emas, retrieval aybdor ekan. O'xshash chunk degan…
  6. Oct 11, 2026Ollama vs vLLM vs SGLang. Uchchalasi ham open model'larni ishga tushiradi, lekin har biri…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →