TGViewer
Channel Public Channel
Janob Panda

Janob Panda

@mukhammadkarim_tukhtaboev

• Ex-Microsoft MVP
• Chief Technology Officer
• Taekwondo WT Athlete
• Singer

I am built to build
Subscribers
4.29K
Photos
766
Videos
275
Links
753
Recent Posts 19 shown
Post #3359 655
Ish paytida ICT Week'ga qanday boryapsizlar? Tadbirning birorta kuni ham dam olish kuniga to'g'ri kelmas ekan.

Menimcha u yerda, ish beruvchilar, ishsizlar va tashkilotchilar bo'lsa kerak. Yoki boshqalar ham bormi?

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 😁 42
  • 💯 6
  • 🤓 5
  • 😢 1
Post #3358 1.07K
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda

Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!

Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.

📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.

➡️ Ariza topshirish

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 🔥 8
  • ❤ 4
  • 👍 2
Post #3357 1.49K
🤩 So'rovnomada qatnashing va AI Agent kursi uchun GRANT yutib oling!

❗️Ushbu so'rovnoma: AI Agentlar orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirmoqchi bo'lganlar uchun.

😊 So‘rovnomadan maqsad: AI Agentlar qurishni o'rganmoqchi bo'lgan insonlarni talabini o'rganish va sifatliroq product ishlab chiqish.

📌 GRANT'ni yutib olish uchun savollarga rost va batafsil javob berishingiz kerak bo'ladi.

So‘rovnoma 2-3 daqiqa vaqtingizni oladi. Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.

So'rovnoma: 👉 https://forms.gle/KqhYJddZyYx52tA48
  • 🔥 10
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #3356 1.1K

Forwarded from ai mastava

Kotta kompaniyada ishlaydigan dasturchi… real vaziyat:

Jonimga tegdi bu narsalar. Bo‘ldi, tamom. Hozirgi injiniringning ahvoli dahshatli darajada. Katta kompaniyada yangi rolda ish boshlaganimga yarim oy bo‘ldi. Bu yerda hech kim hech narsani bilmaydi.

Texnik talablar (specs), kod, testlar, PRDlar, tiketlar, o‘sha tiketlarning yechimi, hisobotlar va hokazo — hammasini Claude Code qilyapti. Jamoamda hech kimga bu yoqmayapti. Ularni qo‘llaridan kelgancha ko‘proq narsani chiqarishga (ship qilishga) majburlashyapti. Yuqori rahbariyatdan bir necha bor eshitdim: kod yozib chiqarish tiqilinch (bottleneck) emas ekan, unda nega sekinmiz? Odamlar kuniga 12–13 soatlab shunchaki enterni bosish uchun ishlayapti. Hech kim hech narsani o‘qimayapti.

Korporatsiyadagi insonlar o‘z miyalari bilan hech narsa qilmay qo‘ydi. Hamma — L1 dan tortib L7 injenerigacha tom ma’noda bir xil ish bilan band: Claude bilan gaplashish. Hech qanday g‘alaba hissi yo‘q. Xatolarni (bug) hech kim o‘zi to‘g‘rilamayapti. Aslida esa, endi hech kim fikrlamayapti. Hamma narsani LLMlar bajaryapti. Bu odamning ruhini yeb bitiradigan darajada og‘ir. To‘g‘risini aytsam, hech bo‘lmaganda kodni tekshirishga, nima qayerga ketayotganini ko‘rib chiqishga vaqt berishganida ham mayli edi. Lekin yo‘q, maqsad — nima bo‘lishidan qat’i nazar, shunchaki chiqarish (ship qilish).


@aimastava
  • ❤ 24
  • 😢 18
  • 🔥 4
  • 👍 2
Post #3355 1.33K

Forwarded from ai mastava

Yandex ham o’zini AliceAI modelini ochiq weightlarini HuggingFace ga qo’yvoribdi «Borey!» deb.

@aimastava
  • 🔥 20
  • 😁 7
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #3354 1.62K
🚀 Founder bo'lish qo'lingizdan keladimi? ICT Week'da bilib olasiz

DOMO & IT Park ICT Week doirasida «I am Founder challenge» o'tkazadi. Bu oddiy viktorina emas 👇

🧠 Nima sinovdan o'tkaziladi?
Savollar uch blokdan tuzilgan:
• IQ — mantiq va tez fikrlash
• EQ — jamoa va mas'uliyat bo'yicha vaziyatlar
• Psixologik — tavakkal va noaniqlikda harakat


Shu orqali founderlikka ishtiyoqingiz va layoqatingiz bor-yo'qligini aniqlaymiz.

🎁 Sovrinlar:
• Har kuni 15–17 kishi — Mi Band 10
• Final g'olibi — iPhone 18 Pro Max
• Barcha qatnashchilarga — DOMO futbolka


📌 Muhim: faqat 1 000 kishi qatnasha oladi. Futbolka — kirish chiptasi.

Ro'yxatdan o'tish botda 👇
👉 @Iamfounderrobot

💙 DOMO o'zi bilan birga O'zbekistondagi barcha startaplarning ham yuksalishini xohlaydi.

@DOMOuz
  • ❤ 8
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 1
Post #3351 1.66K

Forwarded from Pivot.uz | Startap va texnologiya

Anthropic noyabrda IPO o‘tkazishi mumkin — kompaniya $100 mlrd daromadga chiqishni kutmoqda

Claude AI yaratuvchisi Anthropic aksiyalarini noyabr oyidayoq birjada sotishni boshlashi mumkin. Kompaniya 2026-yil uchun yillik daromadni $100 mlrd atrofida ko‘rmoqda. Iyul oyida bu ko‘rsatkich $65 mlrd deb baholangan edi.

Kompaniya IPO hujjatlarini iyun oyida maxfiy tarzda topshirgan. Investorlar Anthropic’ning potensial bahosini $2 trln atrofida ko‘rmoqda — bu SpaceX’ning 2026-yildagi rekord IPO bahosidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Reuters manbalariga ko‘ra, Anthropic OpenAI’ning GPT-6 Astra modeli ortidan yangi AI modelini chiqarishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bu qaror kompaniya CEO’si Dario Amodei AI modellari rivojlanish sur’atini sekinlashtirish kerakligini aytganidan bir necha kun o‘tib muhokama qilinmoqda.

@pivotuzbekistan
  • ❤ 14
  • 👍 6
  • 🔥 5
  • 💯 1
Post #3350 4.32K
"Product Engineer" bo'ling!

Bu maslahatim qachon eskiradi bilmadim. Ammo, ayni damda qaysidir yo'nalish bo'yicha ketish kerak bo'lsa, men "Product Engineering" yo'nalishini maslahat bergan bo'lar edim.

Chunki, product kompaniyalar (startuplar) ko'payyapti, ularga eng kamida bitta CTO kerak. U barcha muhandislik ishlarini qila olishi kerak va barchasi uchun javobgar shaxsdir. Bu - "1 kishilik IT jamoa" degani. Jamoani boshi ham, oxiri ham o'zingiz bo'lasiz.

Bu yerda endi loyiha darajasida emas, mahsulot darajasida o'ylash kerak bo'ladi. Mehnatni o'zi kamlik qiladi. To'g'ri, AI mehnatni qilyapti, ammo mas'uliyatni ololmaydi. O'zi IT jamoada eng mas'uliyatli rol - CTO ro'lidir.

Product Engineer bo'lish uchun 5 ta eng muhim ko'nikma:
- Software Engineering (Batafsil bo'lmasada, umumiy narsalarni bilish, tizim qanday ishlashini tushuna olish)
- Product Design (Foydalanuvchilarga yoqadigan mahsulot dizaynini qila olish, did masalasi)
- DevOps Engineering (Serverlar bilan ishlash, loyiha infrastrukturasini nazorat qilish)
- Mas'uliyat (So'ralmagan paytda ham mahsulot haqida o'ylashlik)
- Ijodkorlik (Tashabbuskorlik, inson sevgan ishidan ijod qila oladi xolos)

Biz 6 oy avval aynan shu yo'ldan ketib, jamoani shu yo'nalishga deyarli migratsiya qila oldik. Hozirda, har bir dasturchining o'zi bir jamoa. Avvallari ular menga endi nima ish qilay deb kelardi. Hozir esa, positsiya o'zgargan. O'zlari muammo topadi va shu muammoni hal qilish uchun ruhsat so'raydi xolos.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 🔥 38
  • ❤ 12
  • 👍 10
  • ⚡ 5
  • ❤‍🔥 3
  • 👎 1
Post #3347 2.96K
Janob Panda Toygar Işıklı – Muhabbatdan soz ochsangiz onadan boshlang
.
  • ❤‍🔥 13
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 😢 2
Post #3346 2.54K

Forwarded from Umar Sadullayev | Blog

To'ydan.apk ☠️

Kontaktlarimdan biri yuboribdi. Oxiri qani ichida nima bor ekan deb, Claude'ga "reverse engineering" qildirdim.

Dasturlarini o'rnatib olgandan keyin, rasmdagi ishlarni qilishar ekan.

Raqamingizni aniqlash uchun USSD so'rovlar, SMS'larni ilib olish, pul yechilganda bank dasturlarini xabarlarini yashirib turish va hokazo.

Xaromxo'rlar yaxshi o'ylashibdi lekin 😄

P.s.: Izohda to'liq O'zbek tilidagi tahlilni tashlab qo'ydim.

#hack

@UmarSadullayev
  • 😁 14
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 😱 3
  • 👍 1
  • 🫡 1
Post #3344 4.74K
Ha, bir necha yillar avval IT ga jalb qilish ham shunday bo’lgan edi.

O’zi buni qo’lidan keladimi, elementar fanlardan bilimi bormi yo’qmi deb o’tirmay, biznes uchun marketing qilishib, olib kirishgandi.

Shunaqa “Jirafa miya” larni deb qancha qancha yoshlar ishini topa olmasdan, yana boshqa sohadan davom etib ketishdi. Sizga oson degani, bu hammaga ham oson degani emas.

Hozir esa shu Jirafa turgan ko’l juda ham chuqurlashib ketgan. Kundan kunga chuqurlashyapti. Bo’yi o’sishdan to’xtagan jirafalarning o’zlari ham ko’lga cho’kib ketishyapti. Cho’kkalarini ko’zim bilan ko’rib turibman.

Hurmatli yoshlar, o’zi nega IT ga yopishib olyapsizlar? Siz o’ylaganchalik “kayf soha” ham emas aslida. Men kasbimni sevsam ham, har kuni ishda muammolar bo’ladi. Masalan, biznes bilan muloqotda, rahbar bilan munosabatlarda, oyliklarda, jamoada, loyihalarda va hokazo. Sevganim uchun chidayman bu muammolarga. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, sizlar hali sevmaysiz. Kasblar juda ko’p-ku.

Masalan, bir kuchli DevOps’chi tanishim, “gid” bo’lmoqchi. Shu sohaga ko’ngil qo’yibdi. Chet davlatlarga odamlarni olib borib, sayohat qildirmoqchi ekan. Yana bir do’stim “sport trainer” bo’lmoqchi. Men ham yangi sohalarda izlanyapman.

Odatda dasturlashdagi “ajoyib” tehnik muammolar va ularga yechim topishlik kayf bergan. Kayf - bir hafta bir muammo ustida o’tirib, kechalari uxlamay topilgan yechim edi. Hozir muammo chiqishidan oldin yechim bor. Shu sababli, dasturlash ham ko’p dasturchilarning ko’nglidan qolyapti. O’saman, rivojlanaman deb yurgan energiyali insonlar uchun dasturlash sohasi tor bo’lib qoldi. Endi ular chellenjlarni boshqa joylardan qidirishga harakat qilishyapti.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • ❤ 45
  • 👍 23
  • 🔥 12
  • 👏 3
  • 👌 2
  • 😢 1
  • 💯 1
Post #3342 2.86K
IT yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun: Yandex Uzbekistan bepul Dev Camp dasturiga qabulni boshladi.

10–31 oktabr kunlari Toshkentda uch haftalik intensiv dastur bo‘lib o‘tadi. Unda:
• backend dasturlash
• sun’iy intellekt
• algoritmlar
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish mumkin.


Bu nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lish, balki Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan tanishish imkoniyati ham.

🤩 Eng yaxshi ishtirokchilar esa Yandex Uzbekistan’da amaliyoy o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur, avvalo, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Bunda yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududida tahsil olayotgan bo‘lsangiz, siz ham ishtirok etishingiz mumkin. Saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.

🗣 Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.

👉 Dev Camp’da qatnashish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 👍 12
  • ❤ 3
  • 🔥 3
Post #3341 2.09K

Forwarded from IT Education Association

Yosh ayollar sunʼiy intellekt, raqamli muhitning imkoniyatlari va mavjud xatarlaridan himoyalanish hamda ularni boshqarishga qay darajada tayyor?

“Capacity Building in AI Literacy and Cybersecurity for Girls” loyihasi doirasida, UNOPS, IT Ta’lim Uyushmasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida hamda Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi orqali moliyalashtiriladigan, xotin - qizlar o‘rtasida sunʼiy intellekt savodxonligi, kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tadi.

Yo'nalishlari:
👉 Sun’iy intellektdan xavfsiz, axloqiy va mas’uliyatli foydalanish
👉 Raqamli va Kiberxavfsizlik
👉 Ma’lumotlar savodxonligi va dezinformatsiyani aniqlash
👉 Ijtimoiy manfaatlar va fuqarolik faolligi uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish
👉 Raqamli chidamlilik va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish
👉 Ayollarning texnologiya va raqamli sohalardagi ta’lim hamda karyera imkoniyatlari


🔍Dastur doirasida interaktiv sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarga zamonaviy raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi.

👩‍💻Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, texnologiyalar va raqamli transformatsiyaga qiziqadigan barcha qizlar va yosh ayollarni tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!

📅 2026-yil 12-sentabr
09:00
📍Toshkent shahridagi Inha universiteti
🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #3340 2.69K
Qadamingizni o'ylab bosing )

https://t.me/itpark_uz/20819

Shunchaki o'rganmoqchi bo'lsangiz, bu yaxshi, bepul ekan. Ammo, kasb qilmoqchi bo'lsangiz, bu yo'lda qiynalasiz. Resurslaringingizni to'g'ri taqsimlashingiz tarafdoriman. To'g'ri narsaga invest qilayotganingizga ishonch hosil qiling.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
  • 😁 31
  • ❤ 6
  • 🤣 3
  • 😢 1
Post #3339 3.12K
Janob Panda Video message
O'quvchilarimni bitta-bitta sportga olib kiryapman.

Videodagi bola - Bekmurod. BRB-TECH kompaniyasida dasturchi bo'lib ishlaydi. Tanlangan sport - Dzyudo.
  • 😁 21
  • 🔥 5
  • 🎉 4
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
  • 🤩 1
Post #3338 3.13K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤‍🔥 3
  • 👍 3
  • 🔥 3
Older posts →

About this channel

How can I read @mukhammadkarim_tukhtaboev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Janob Panda: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Janob Panda have?
Janob Panda (@mukhammadkarim_tukhtaboev) has 4.29K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Janob Panda know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →