TGViewer
Channel Public Channel
Pivot.uz | Startap va texnologiya

Pivot.uz | Startap va texnologiya

@pivotuzbekistan

Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari

👉🏻 English: @pivotglobaal
👉🏻 Hamkorlik va reklama: @pivotuzmedia
Subscribers
9.32K
Photos
2.5K
Videos
345
Links
2.6K
Recent Posts 16 shown
Post #3615 965
Qoraqalpog‘istonga 2027-yilda $5 mlrd investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilmoqda

Investitsiyalar asosan to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Nukusda AI va bulutli texnologiyalar yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Maqsad — yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, eksportni oshirish va yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish.

👉 Batafsil — Pivot.uz’da o'qing

Instagram | LinkedIn | YouTube
  • 👏 10
  • 🔥 4
  • ⚡ 3
  • 👍 1
  • 😐 1
Post #3614 1.24K
Alibaba Qwen3.8-Omni-Flash’ni taqdim etdi

Qwen ma’lumotlariga ko‘ra, 1 soatlik audio qayta ishlash narxi 98% dan ko‘proqqa, audio-video uchun esa 93% dan ko‘proqqa kamaygan.

Model uzun videodan savolga kerakli qismlarni o‘zi topib, aynan shu fragmentlarni tahlil qiladi. Bu token va hisoblash xarajatlarini kamaytiradi.

Alibaba, shuningdek, audio-video bilan ishlaydigan AI agentlar yaratish uchun yangi vositalarni chiqardi.

Demak, video tahlili, subtitr va konspekt yaratish kabi vazifalar endi ancha arzonlashishi mumkin.

👉 Batafsil — Pivot.uz’da o'qing

Instagram | LinkedIn | YouTube
  • 🔥 7
  • ⚡ 4
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 😁 1
  • 🤯 1
Post #3613 1.34K
O‘zbekistonning Spaceborne startapi kosmik texnologiyalar bo‘yicha xalqaro finalga chiqdi

O‘zbekistonning Spaceborne startapi xalqaro Constructor Start dasturining 16 finalisti qatoridan joy oldi. Ular 2 100 dan ortiq ariza orasidan tanlangan.

Spaceborne sun’iy yo‘ldoshlar uchun yangi turdagi dvigatel texnologiyasini ishlab chiqmoqda. G‘oya — mikroto‘lqinlar yordamida issiqlik hosil qilib, harakat kuchini yaratish.

Startap Constructor Start dasturining ushbu bosqichiga O‘zbekistondan kirgan ilk jamoa bo‘ldi. Finalda kosmos, sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari va boshqa DeepTech yo‘nalishlaridagi 16 ta startap qatnashadi.

Constructor Capital tanlangan g‘olib jamoalarga $100 minggacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadi. Dastur doirasidagi umumiy moliyalashtirish imkoniyati esa $1 milliongacha yetishi mumkin.

👉Batafsil Pivot.uz'da o'qing
  • 🔥 13
  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #3612 1.36K
Telegram endi Wear OS'da

Galaxy Watch, Pixel Watch, Xiaomi Watch va boshqa mos smartsoatlarda Telegram’dan bevosita foydalanish mumkin.

Foydalanuvchilar soatdan xabar va ovozli xabar yuborishi, media ko‘rishi, sticker jo‘natishi va chatlarni boshqarishi mumkin.

@pivotuzbekistan
  • 👍 7
  • ⚡ 4
  • 🔥 3
  • 👏 1
  • 🤯 1
  • 😐 1
Post #3611 1.47K
Post #3610 2.84K
Pivot.uz | Startap va texnologiya Anthropic CEO'si AI rivojlanishini sekinlashtirishga chaqirdi Anthropic boshqaruvchisi Dario Amodei AI rivojlanishi xavfsizlik choralaridan tezlashib ketayotganini aytib, frontier modellar ustidagi ishlarni sekinlashtirishga chaqirdi. Qizig‘i, bu fikrni…
Anthropic noyabrda IPO o‘tkazishi mumkin — kompaniya $100 mlrd daromadga chiqishni kutmoqda

Claude AI yaratuvchisi Anthropic aksiyalarini noyabr oyidayoq birjada sotishni boshlashi mumkin. Kompaniya 2026-yil uchun yillik daromadni $100 mlrd atrofida ko‘rmoqda. Iyul oyida bu ko‘rsatkich $65 mlrd deb baholangan edi.

Kompaniya IPO hujjatlarini iyun oyida maxfiy tarzda topshirgan. Investorlar Anthropic’ning potensial bahosini $2 trln atrofida ko‘rmoqda — bu SpaceX’ning 2026-yildagi rekord IPO bahosidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Reuters manbalariga ko‘ra, Anthropic OpenAI’ning GPT-6 Astra modeli ortidan yangi AI modelini chiqarishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bu qaror kompaniya CEO’si Dario Amodei AI modellari rivojlanish sur’atini sekinlashtirish kerakligini aytganidan bir necha kun o‘tib muhokama qilinmoqda.

@pivotuzbekistan
  • ⚡ 7
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 😁 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🤯 1
Post #3606 1.52K
Pivot.uz | Startap va texnologiya SpaceX va Tesla o‘z chiplarini ishlab chiqaradi: Texasda $16,8 mlrdlik Terafab SpaceX va Tesla chip ishlab chiqarishni o‘z nazoratiga olish uchun Texasda ulkan Terafab zavodini ishga tushirishga kirishdi. Loyihaning dastlabki qiymati $16,8 mlrd bo‘lib, to‘liq…
SpaceX va Tesla Texas shtatining Grimes okrugida yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Terafab loyihasini boshladi.

Mask loyiha haqida: Terafab “Yer yuzidagi eng katta va eng qimmat bino”ga aylanishi kerak.

Ammo milliardlab dollarlik bu loyiha faqat zavod qurishdan iborat emas. Terafab nima uchun qurilmoqda va Tesla hamda SpaceX’ning chiplar bozoridagi strategiyasini qanday o‘zgartirishi mumkin?

@pivotuzbekistan
  • 👍 10
  • 🔥 6
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
  • 👏 1
  • 🤯 1
Post #3605 1.5K
AI bozorida yangi model: Jev nima uchun dasturchilar e’tiborini tortmoqda

Model 70–500 millisekundda javob berishi, 1 mln input token uchun esa $0.042 turishi aytilmoqda.

TypeSafe AI asoschisi Diogo Almeida avval OpenAI’da ishlagan va ChatGPT’ni yaratishga olib kelgan instruction-following tadqiqotlarida qatnashgan.

Jev AI Gateway’da ham tez ommalashdi. Vercel ma’lumotiga ko‘ra, model ishga tushganidan 24 soat o‘tib, platformadagi pullik jamoalarning qariyb 13 foizi undan foydalangan.

👉 Batafsil Pivot.uz’da o'qing

Instagram | LinkedIn | YouTube
  • ❤ 3
Post #3604 1.6K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #3603 1.67K
Uzum 600 mlrd so‘mlik obligatsiyalarini joylashtirdi va $50 mlnlik valyuta obligatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Uzum korporativ obligatsiyalar bozoridagi faoliyatini kengaytirmoqda. Kompaniya 600 mlrd so‘mlik beshinchi obligatsiyalar emissiyasini 18% kupon daromadliligi bilan joylashtirdi. Natijada Uzumning Toshkent Respublika fond birjasidagi beshta emissiyasi umumiy hajmi 2,1 trln so‘mga yetdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 2,1 trln so‘mning qariyb 60 foizi norezident investorlar hisobidan jalb qilingan. Uzum jalb qilingan mablag‘larni ekotizimning fintex yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltirmoqda.

👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram | LinkedIn | YouTube
  • ⚡ 8
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 👏 1
Post #3602 1.83K
$50 mln investitsiya kiritgan xorijiy elektrotexnika kompaniyalari O‘zbekistonda 10 yil soliq to‘lamaydi

O‘zbekiston elektrotexnika, elektronika va robototexnika sohalariga yirik xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yangi imtiyozlar joriy etmoqda. Prezidentning 12-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, qiymati $50 mln va undan yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshiradigan strategik investorlar foyda, mol-mulk va yer soliqlaridan 10 yilga ozod qilinadi.

Imtiyozlar xalqaro ta’minot zanjirlarida ishtirok etuvchi va so‘nggi uch yil ichida Forbes Global 2000 reytingiga kirgan yirik kompaniyalarga mo‘ljallangan.

👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram | LinkedIn | YouTube
  • ⚡ 9
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 🤯 2
  • 👍 1
  • 😁 1
  • 😐 1
Post #3601 2.02K
United Ventures Mockchi Bola startapiga $15,000 investitsiya kiritdi

Mockchi Bola — IELTS, Goethe va TOPIK kabi xalqaro til sertifikatlariga tayyorlanayotganlar uchun SI asosida ishlaydigan imtihon platformasi.

Platforma o‘quvchining javoblarini taxminan 30 soniyada 95% aniqlik bilan baholash, shuningdek, takrorlanayotgan xatolar va zaif tomonlarni aniqlash imkonini beradi.

Bu orqali o‘quvchilar natijani bir necha kun kutmasdan muntazam mashq qilishi, o‘qituvchilar esa qo‘lda tekshirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirishi mumkin.

Investitsiya United Ventures Startup Booster Demo Day’da jamoaga berilgan $15,000 miqdoridagi soft commitmentning amalda bajarilishi doirasida kiritildi.

@pivotuzbekistan
  • ⚡ 10
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 1
Post #3600 2.38K
73 mlrd ustav kapitalga ega Agro Ventures tashkil etildi

Agrobank o‘zining Agro Ventures kompaniyasini tashkil etdi. Kompaniya direktorligiga Mirolim Abdullayev tayinlandi.

Mirolim Abdullayev 2022-yildan AloqaVentures’da faoliyat yuritgan, 2026-yildan esa Principal vazifasini bajarib kelmoqda.

Kompaniyaning ustav kapitali 73 mlrd so‘mni tashkil etadi. Agro Ventures Agrobankning 100 foiz ulushiga ega bo‘lgan kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Agro Ventures startaplarni moliyalashtirish uchun akselerator va inkubator dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xakatonlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligidagi startaplar va innovatsion g‘oyalar uchun grant dasturlarini joriy etish bilan shug‘ullanadi.

@pivotuzbekistan
  • 👍 8
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
  • 😐 1
Post #3598 1.82K
🚀 Startap boshlash uchun g‘oyani noldan o‘ylab topish shart emas

Startup Garage Asoschilar rezidentligi dasturi orqali global bozorda allaqachon shakllangan va O‘zbekiston bozoriga moslashtirish mumkin bo‘lgan loyihalarni taklif qilmoqda.

Dastur ishtirokchilari o‘ziga mos loyihani tanlab:
- tayyor yo‘l xaritasi asosida ishlaydi
- MVP yaratadi
- mahsulotni bozorda sinaydi
- dastlabki natijalarni oladi

Startup Garage jamoasi esa 2 oy davomida jarayonni yo‘l-yo‘riq bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Ya’ni, oylar davomida g‘oya izlash o‘rniga, tayyor loyiha ustida ishlash va uni amalda sinash imkoniyati beriladi.

Joylar soni cheklangan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

@pivotuzbekistan
  • 👏 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🤯 2
  • ⚡ 1
  • 😁 1
Post #3597 1.84K
United Ventures UstozHub’ga $25 ming investitsiya kiritdi

UstozHub — o‘quvchilar va o‘qituvchilarni bir platformada birlashtiruvchi onlayn xizmat. O‘quvchilar fan, daraja, narx va jadval bo‘yicha o‘ziga mos o‘qituvchini topishi mumkin.

Platforma orqali o‘quvchilar darslar, to‘lovlar, uy vazifalari va o‘zlashtirish jarayonini kuzatadi. O‘qituvchilar esa reklama uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz yangi o‘quvchilarga chiqish imkoniga ega.

@pivotuzbekistan
  • 🔥 10
  • ⚡ 4
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 🤯 1
Post #3596 1.6K
Pivot.uz | Startap va texnologiya Photo
Samsung kompaniyasi Apple'ning ilk ''Duo'' modelini shunday qarshi oldi.

@pivotuzbekistan
  • 😁 40
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 🤯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @pivotuzbekistan without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Pivot.uz | Startap va texnologiya: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Pivot.uz | Startap va texnologiya have?
Pivot.uz | Startap va texnologiya (@pivotuzbekistan) has 9.32K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Pivot.uz | Startap va texnologiya know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →