TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #981 2.55K
Hotamtoy

Oʻzbek tilida saxovatli, qoʻli ochiq, oliyjanob maʼnolarida qoʻllanuvchi hotamtoy va hotam soʻzlarining ildizi tarixiy shaxsga – Hotam Toiyga borib taqaladi. U Yamandagi toy qabilasining boshligʻi, mashhur lashkarboshi va shoir boʻlgan. Adolatu insofi, saxiyligi va yaxshiligi bilan dastlab atrofdagi qabilalar, keyin butun Arabiston va Sharq xalqlari orasida shuhrat qozongan. Baʼzi manbalarda uning nomi Hotim shaklida berilgan. Toʻliq ismi – Abu Safona Hotam ibn Abdulloh ibn Saʼd Toiy.

Kishilar nomi soʻz va iboralarga, atamalarga aylanib ketishi tilda bor hodisa. Garchi Hotam Toiy milodiy VI asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan tarixiy shaxs boʻlsa-da, u koʻpincha afsonaviy qahramon sifatida talqin qilinadi. Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida Hotam Toiy haqida koʻplab afsona va rivoyatlar, qissa va dostonlar, hatto “Hotamnoma” kitobi yaratilgan.

Maʼlumot uchun: Hotam Toiyning oʻgʻli Adiy ibn Hotam Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan boʻlgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →