#Soʻragan_edingiz
Daqqiyunusdan qolgan
Daqqiyunusdan yoki daqyonusdan qolgan iborasi tilimizda eskidan qolgan, qadimiy, juda ham eskirib ketgan maʼnolarida qoʻllanadi. Iboraning kelib chiqishi qadimgi Rim imperatori Diokletian ( lotincha Diocletianus)ga borib taqaladi. Milodiy 284-305-yillarda hukmronlik qilgan bu imperatorni Sharq xalqlari shunday atagan.
Xoʻsh, nega aynan Diokletian? Eskilik maʼnosi bilan uning qanday aloqasi bor?
Milliy ensiklopediyaga koʻra, VII-VIII asrlargacha boʻlgan davrdagi shahar xarobalari, tangalar va boshqalarning qadimiyligini anglatish uchun “Daqyonusdan qolgan” iborasi ishlatilgan.
Menimcha, daqqiyunusdan qolgan iborasi paydo boʻlishiga Diokletianning urushlari hosil qilgan xarobalar, vayronagarchiliklar sabab. Keyinchalik iboraning maʼnosi toraygan.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #959
2.53K
- 👍 2