Ortiqcha majhul nisbat
5️⃣ Majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzda ikki marta ishlatish.
Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllaniladi.
Aytilingan ishni vaqtida bajaringlar.
Qoʻllanmoq soʻzida hatto ziyolilar ham koʻp yanglishadi. Uning xato shakli kitoblar-u qoʻllanmalarga, rasmiy hujjatlargacha kirgan. Aslida qoʻllamoq feʼliga majhul nisbat qoʻshimchasi -n qoʻshilishi yetarli. Aytmoq feʼliga esa bitta -il qoʻshilsa kifoya:
Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllanadi. ✅
Aytilgan ishni vaqtida bajaringlar. ✅
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3744
8.43K
Orif Tolib Har olmoshi va koʻplik 4️⃣ Har olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash: Har bir kishilar buni bilishlari kerak. Yoki: Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi. Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar. Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar.…

- 👍 42
- 💯 23