TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3365 6.47K
Yigirma besh sent

Oʻn yoshlardagi bir bola qahvaxonaga kirib, stolga oʻtirdi. Ofitsiant ayol kelgach, bola:

– Shokoladli, yongʻoqli muzqaymoq necha pul turadi? – deb soʻradi.

– Ellik sent, – deb javob berdi ayol.

Bola choʻntagidan tangalarini olib hisoblashga kirishdi.

– Oddiy, hech narsa qoʻshilmagan muzqaymoq qancha? – deb soʻradi bolakay.

Ofitsiantni boshqa stollarda mijozlar kutib turardi. Ayol norozi ohangda, istamagan koʻyi:

– Yigirma besh sent, – deb javob berdi.

Bola yana tangalarini sanab chiqdi.

– Oddiy muzqaymoq olib keling, – deb buyurdi keyin.

Xizmatchi ayol muzqaymoqni olib kelgach, biryoʻla hisob qogʻozini stolga qoʻyib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Bolakay muzqaymoqni yeb tugatgach, kassaga pul toʻladi va chiqib ketdi.

Ofitsiant stolni tozalash uchun kelganda tomogʻiga nimadir tiqilganday boʻldi. Stol ustida, boʻsh idish yonida tartib bilan terilgan yigirma besh sent tanga turardi. Bu unga qoldirilgan choychaqa edi.

“Islom nuri” gazetasining 2023-yil 20-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​​Dengi – tanganing koʻpligi Rus tilida eng muhim hayotiy vosita – pulning oti ham asli turkiycha ekani koʻpchilikni hayratlantirsa ajab emas. Turkiy tillarda kumush pulni anglatgan tanga rus tiliga denga boʻlib oʻtgan. Keyinchalik koʻplik shaklini olib…
  • 👍 56
  • 😢 33
  • 🔥 14
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →