TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2907 5.65K
​​Dengi – tanganing koʻpligi

Rus tilida eng muhim hayotiy vosita – pulning oti ham asli turkiycha ekani koʻpchilikni hayratlantirsa ajab emas. Turkiy tillarda kumush pulni anglatgan tanga rus tiliga denga boʻlib oʻtgan. Keyinchalik koʻplik shaklini olib, dengi koʻrinishiga kelgan. Rus tilidagi eʼtiborli etimologik manbalarning aksari bu fikrni tasdiqlaydi.

Tanga soʻzi rus tiliga XIV asrlarda kirib kelgan. XV asr rus yozma manbalarida ushbu soʻz tenka, tenki shaklida uchraydi.

Tanga qadimda arab, fors, hind, tibet kabi tillarda ham turli talaffuz variantlarida qoʻllangan. Tangalar dastlab kumushdan, keyinroq misdan zarb qilingan. Qadimgi Yunoniston va Forsda metall pullar danaka deb atalgan. Oltin Oʻrdada esa dang yoki danig deb nomlangan. Toʻgʻri oʻylayapsiz, har ikki soʻz tanganing ayni oʻzi. Faqat tovushlari biroz oʻzgargan.

Baʼzi manbalarga koʻra, tanga soʻzining ildizi tiyinga borib taqaladi. Ayrim manbalar esa ruscha dengi turkiycha tamgʻadan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Darvoqe, tamgʻadan hosil boʻlgan boshqa bir rus soʻzi ham siz-u bizga yaxshi tanish.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 35
  • ✍ 1
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →