TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #3245 6.54K
“Nodon onangni kechir, oʻgʻlim!”

Unda hali yosh edim. Bir kuni uy tozalash bilan ovora boʻlib qolibman, kichik oʻgʻlim javonni ochib, eng yaxshi billur idishimni yerga tushirib yubordi. Qimmatbaho buyum koʻz oʻngimda chil-chil sindi. Dunyoni zulmat bosganday boʻldi, figʻonim falakka chiqib, gʻazabdan dagʻ-dagʻ titradim. Jahl ustida: “Nima qilib qoʻyding?! He, baloga yoʻliqqur! Iloyo, devor tagida qolgin, mana shu idishga oʻxshab singin senam! Onam bergan billur edi-ya! Shu uy dardisarni tozalay depman-da! E, hiqillama! Yoʻqol koʻzimdan!” deya baqirdim. Yana nimalar dedim – esimda yoʻq. Besh-oʻn kundan keyin hatto bu voqeaning oʻzi ham yodimdan koʻtarilib ketdi. Lekin oradan uzoq vaqt oʻtib, hayot uni yana esimga soldi.

Kenjam ulgʻaydi, oliy maʼlumotli boʻldi, yaxshi joyga ishga kirdi. Endi unga kelin qidirish harakatiga tushdim. Oʻzi ham toʻyga harakat boshladi, dadasi bilan maslahatlashib, eski uyni yangilash rejasini tuzdi.

Koʻp oʻtmay ustalarni olib kelishdi, haq masalasida oson til topishishdi, shekilli, ishni tezda boshlab yuborishdi. Hilviroq eski uy gupillab quladi. Shu payt qandaydir sarosima, yugur-yugur boshlandi. Ustalar bilan xoʻjayinim qulagan uy uyumi atrofida aylanar, baqir-chaqir qilar, har kim qoʻliga ilingan narsani olib chetga irgʻitardi. Koʻnglim allaqanday koʻngilsizlikni sezib, behalovat boʻldi, hovliqib yetib bordim. Uyum ostidan ingroq va baqiriq tovushlari eshitilardi. Bechora oʻgʻlim uy tagida qolib ketibdi! Oyogʻim madorsizlandi, koʻz oldim qorongʻilashib, yerga oʻtirib qoldim. Keyingi voqealar elas-elas yodimda: kiyimlari kir-chir, baʼzi joylari qontalash oʻgʻlimni koʻtarib chetga olib chiqishdi, “Tez yordam” mashinasiga solib olib ketishdi.

Shuurim karaxt edi, tilim esa tinmay: “Allohim, tavba qildim... Allohim, oʻzing kechir...” deya takrorlardi. Eng suyukli, meni yeru koʻkka ishonmaydigan, eʼzozlab, ardoqlaydigan bolam, jigarporam gʻaribu notavon boʻlib devorlar ostida qolib ketsa-ya! Birdan xayolimga yoshligim, aytgan qargʻishim tushdi. Oʻsha soʻzni aytguncha tilim uzilsa boʻlmasmidi, oʻsha billur idishdan mingtasi sinib-parchalanib ketsa boʻlmasmidi!..

Ammo endi bu soʻzlardan, hasrat-u nadomatlardan foyda yoʻq. Holsiz, majolsiz yotgan, hatto kipriklarini koʻtarishga ham kuchi yetmayotgan bolamning koʻzlariga qarab ich-ichimdan faryod toshib keladi, “Men nodon onangni kechir, oʻgʻlim!” deya toʻlib-toʻlib yigʻlayman. Taskin-tasallilar foydasiz. Koʻzyoshlarim oxiri qurib bitar, lekin yuragimdagi ogʻriq, afsus-nadomat bitmaydi.

Ey boʻlar-boʻlmasga farzandini qargʻayotgan onalar! Koʻzingizni oching! Har gapga farishtalar omin deydi. Kun kelib menday hasrat chekmang, pushaymon yoshlariga gʻarq boʻlmang! Hatto arzirli sabab boʻlsa ham, bolangizni duoyi bad qilmang. Jigargoʻshangizni balo-yu ofatlardan, yomonliklardan Yaratganning oʻzi asrasin...

“Moʻminalar” jurnalining 2019-yil 1-sonida chop etilgan.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Zumrad va Esmeralda – egizaklar Ayrim soʻzlar uzoq yoʻllarni bosib oʻtadi va shakl-shamoyili, baʼzan maʼnosini oʻzgartirib, boshqa tillarda oʻtroqlashib qoladi. Asli yunoncha smaragdos, yaʼni sabzarang tosh boʻlgan zumrad soʻzi ham arab-fors tillari taʼsirida…
  • 😢 25
  • 🔥 17
  • 👍 13
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →