TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #3140 7.22K
​​“Uzunquloq gaplarga koʻra”. Gap uzunquloq boʻlishi mumkinmi?

“Uzunquloq gaplarga koʻra”, “odamlar orasida uzunquloq gaplar yuribdi”. Qanday qilib gap uzunquloq boʻlishi mumkin? Deylik, biron hayvonga nisbatan uzunquloq desa tushunarli, lekin gapning uzunquloq boʻlishi gʻalati.

Gap shundaki, bu yerda uzun hozir tilimizdagi oʻlchovni bildiruvchi uzun emas. Qadimgi turkiyda unga shakldosh yana bir uzun soʻzi boʻlib, gʻiybat maʼnosini byergan. Gʻiybatchi esa uzunchi deyilgan. “Qutadgʻu bilig”da oʻqiymiz:

Uzunchi kishike qatilma yira,
Uzunchi
tilinde kuyer ot ker-e.

Maʼnosi: gʻiybatchi kishiga yaqinlashma, yiroqlash, gʻiybatchi tilida oʻt yonadi, koʻr.

Uzundin qopar ul ajun bulgʻaqi,
Uzunchi bashin kes, ey ersig aqi.

Maʼnosi: dunyoning boʻlgʻanchiq fisq-u fasodlari gʻiybatdan chiqadi, Gʻiybatchining boshini kes, ey mard saxiy (QB. T. 1971.632-b.).

Demak, uzun gap uzundan-uzun choʻzilgan emas, balki gʻiybat gap ekan...

Bizningcha, uzunquloqning qulogʻi ham eshitish organi – quloq maʼnosida emas. Quloq ham baʼzi turkiy lahjalarda koʻchma maʼnoda mishmish, ovoza, gap soʻz, gʻiybat maʼnolarini bildiradi.

Shunday qilib, uzunquloq gaplar iborasini gʻiybat, mishmish, ogʻizdan-ogʻizga oʻtgan gaplar deb tushunish mumkin.

Abduvohid Hayit

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 38
  • 💯 6
  • 🔥 5
  • 🤨 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →