“Arsenal” jamoasining nomi asli arabchami?
Bu soʻz aslida harbiy sohaga oid. Arsenal oʻzbekchada qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joyni, qurol-yarogʻ omborini yoki koʻp sonli biron narsa, katta zaxirani anglatadi.
Bizga rus tilidan oʻtgan, rus tiliga esa fransuz tilidan oʻzlashgan. Fransuzcha arsenalning manbasi italyancha arsenale boʻlgan. U arabcha dorus sinoye – sanoat uyi, ustaxona soʻziga borib taqaladi.
Arsenal juda koʻp Yevropa tillariga kirib borgan. Inglizlarning mashhur “Arsenal” klubini bilsangiz kerak. London futbol jamoasiga bejiz bunday nom berilmagan – unga 1886-yili “Royal Arsenal” artilleriya zavodi ishchilari asos solgan. Demak, jamoa tarixi qurol-yarogʻ zavodiga bogʻlanadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #3007
3.83K

- 👍 34