TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2076 3.78K
Demilitarizatsiya va denatsifikatsiya

Bu ikki soʻz oxirgi paytlarda ommaviy axborot vositalarida juda koʻp qoʻllanyapti.

Demilitarizatsiya soʻzi imlo va izohi lugʻatga, ensiklopediyaga kiritilgan. Lekin denatsifikatsiya soʻzi ushbu lugʻatlarning hech biridan joy olmagan.

Demilitarizatsiya inkorni bildiruvchi de- oldqoʻshimchasi va lotincha militaris – harbiy soʻzidan olingan. Biror davlat yoki hududda armiya saqlashni, qurol-yarogʻ ishlab chiqarishni, istehkomlar, harbiy bazalar qurishni man etish; qurolsizlantirishni anglatadi. Xalqaro huquqqa koʻra, muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yoʻqotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash xalqaro shartnomaga binoan amalga oshiriladi.

Denatsifikatsiya olmoncha entnazifizierung – natsizmni yoʻqotish soʻzidan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya va Avstriyada jamiyat, madaniyat, matbuot, iqtisodiyot, taʼlim, huquq va siyosatni millatchi (natsist)larning gʻoyalaridan tozalashga qaratilgan chora-tadbirlarni anglatadi.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 23
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →