TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2786 4.76K
​​Axaltaka otlari haqida

Milliy ensiklopediyaga koʻra, axaltaka – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi.

Bu ot zotini Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi.

2012-yili dunyoda 6600 ta axaltaka oti borligi aniqlangan.

Bu ot nomi “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.

Axaltaka soʻzi taka qavmi yashaydigan voha degan maʼnoga ega.

Taka yoki teke turkman qabilalaridan birining nomi. Bu qavm XIX asrning boshida boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.

❗️ Axaltaka soʻzini oʻzbekchada axaltekin yoki axalteke shaklida yozish uchrab turadi. Birinchisi rus tili taʼsirida boʻlsa, ikkinchisi turkmancha sababli. Lekin bu soʻz oʻzbekchada axaltaka shaklida qoʻllanadi. Eʼtiborli manbalar, masalan, milliy ensiklopediyada soʻz ayni shaklda berilgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 35
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →