TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1293 3.99K
Voha va vodiy: farqi nimada?

Voha arab tilidan kirgan, asliyatda sahro oʻrtasidagi suvli, koʻkalamzor joy maʼnosida. Oʻzbek tilida choʻl va chalachoʻllarda obod qilingan yerni anglatadi.

Vodiy soʻzi ham arab tilidan kirgan, asliyatda vodiy; qurib qolgan oʻzan; jarlik maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida esa quyidagi maʼnolarda ishlatiladi:

1️⃣ Daryo boʻylab choʻzilgan yoki togʻlar orasidagi keng tekislik.

2️⃣ Umuman, ekin ekiladigan, obod yer.

3️⃣ Umuman, mamlakat, yurtning bir boʻlagi; diyor.

4️⃣ Koʻchma maʼnoda: biror narsa uchun xos boʻlgan joy, makon.

📌 Hudud nomlari bilan ishlatganda voha va vodiyning bitta aniq, keskin farqi bor: voha – choʻl va chalachoʻl hududda obod qilingan joy, vodiy esa daryo yoqasi boʻylab joylashgan yoki togʻlar orasidagi tekislik joy:

Zarafshon vohasi. Xorazm vohasi. Toshkent vohasi. Buxoro vohasi.

Fargʻona vodiysi. Surxon-Sherobod vodiysi. Qashqadaryo vodiysi (viloyatdagi vodiy, Zarafshon tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqlari oraligʻida.). Hisor vodiysi.

Voha va vodiy tushunchasi viloyat tushunchasidan farqlanadi. Voha va vodiy bir viloyat hududidan katta boʻlishi yoki bir viloyat ichida bir necha voha yo vodiy joylashishi ham mumkin. Milliy ensiklopediyaga koʻra, Fargʻona vodiysida bir nechta katta vohalar bor.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →