TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2659 7.07K
Hamburger va ahmoq odamning nima bogʻliqligi bor?

🍔 Bu mazali soʻzning kelib chiqishi Germaniyaning Hamburg shahriga aloqador. Lekin bu taom va shahar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri oʻzaro bogʻliqlik yoʻq.

🚢 1869-yillarda Hamburgdan Amerika tomon ketayotgan yoʻlovchilar kemada “Hamburgh sausage” tanovul qilgan. Sosiklar tosterda qizitilgan non ustida yoʻlovchilarga taqdim qilingan.

🇺🇸 Hamburger birinchi bor qaysi mamlakatda tayyorlangani nomaʼlum, lekin shunga oʻxshash ovqat turlari birinchi bor AQSH taraflarda reklama qilingan ekan.

🤪 Hamburger deganda xayolimizga doimo ovqat keladi. Lekin ingliz tilining “koʻcha” variantida, yaʼni slengida hamburger soʻzi ahmoq va foydasiz odam degan maʼnoni bildiradi. Shuning uchun inglizcha gapirganda bu soʻzni ehtiyot boʻlib ishlatavering:

🟠 The guy is just hamburger. You canʼt teach him anything.
⚪️ Bu bola – shunchaki foydasiz odam. Siz unga hech narsa oʻrgata olmaysiz.

Teacher Azam sahifasidan

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😁 46
  • 👍 28
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →