TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2645 38.2K
​​Kitobiy soʻzlar: inchunin

Bu soʻzni badiiy va publitsistik asarlarda uchratamiz. Jonli tilda qoʻllanmaydi. Lekin maʼnosini baribir bilib olish kerak. Hayotimiz soʻzlashuvdangina iborat emas, baʼzan kitob ham oʻqiymiz-ku 😉.

Inchunin soʻzi shunday, xuddi shuning kabi; shuningdek maʼnolarini beradi:

Inchunin, Qulmatqorani bir kun emas, bir kun ship-shiydam qilib, goʻlaxxonada tiz choʻktirish orzusi qanchalik lazzatli!
A. Muxtor, Opa-singillar.

Savr keldi – ekinchiga davr keldi, deganlaridek taqachining ustaxonasi eski omoch, mertik ketmon... inchunin, turli-tuman temir-tersak bilan toʻlib-toshgan.
A. Muxtor, Chinor.

👉 Bugungi yozuvchi yoki jurnalist bu kabi soʻzlarni ishlatmagani maʼqul deb hisoblayman. Chunki olifta soʻz va ifodalar asarni bezamaydi, oʻquvchini bezdiradi xolos. Istisno holatlar ham bor, albatta. Deylik, maʼlum bir tarixiy davr yoki kishining oʻziga xos tabiatini koʻrsatish uchun bunday soʻzlardan foydalanish mumkin.

❗️ Bu soʻzni inchunun, inchinun kabi shakllarda qoʻllash uchrab turadi. Lekin bu xato.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
  • 😱 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →