TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2565 37.9K
​​Investitsion chorshanba 😁

Taniqli muharrirlardan biri mana shu skrinshotni guruhga tashladi. Kulgim qistadi-yu, lekin bunaqa holatlar menga begona emas. Tarjimalar tahririda koʻp uchrataman. Baʼzi “tarjimoni zamon”lar gugl okamgilarning ijodini “Mana tarjima!” deb bervoraveradi. Koʻpi zarra xijolat tortmaydi. Baʼzilari oʻzining haqligini isbotlamoqchi ham boʻladi. Qilgan ishing koʻrsatib turibdi-ku holatingni. Yana nimani isbotlamoqchi boʻlasan, deydigan odam yoʻq.

Rasmdagi holat gugl tarjima tufayli emas, menimcha. Shunchaki malaka yetishmasligi, havaskorlik natijasi, rus tilini yangi oʻrgangan odamga yoki birorta talabaga tekin tarjima qildirish oqibati.

❗️ Investitsionnaya sreda oʻzbekchada investitsion muhit, sarmoya muhiti boʻladi. U sarmoya kiritish va faoliyat yuritish uchun yaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik shart-sharoitlar yigʻindisini anglatadi. Bunday shart-sharoitlar sarmoyaning foydaliligi, risklari va likvidligiga juda katta taʼsir koʻrsatadi.

Bu iborani koʻpincha investitsion iqlim shaklida ham ishlatishadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😁 39
  • 👍 17
  • 😢 15
  • 🔥 4
  • 😱 2
  • 🤨 2
More from @oriftolib
  1. Oct 2, 2026Agar seni urayotganga javob qaytarmasang, u qoʻling bor-yoʻqligini bilmaydi. — Adigey xalq…
  2. Oct 1, 2026Hujjatli asarni yakunlashning 3 usuli Badiiy asar yaratganda voqealar qanday tugashini old…
  3. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
  4. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  5. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  6. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →