TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2231 6.19K
Nyu-York emas, Nyu York

Bu haqda oldin ham yozgandim. Rus tili taʼsirida xato yoziladigan, xato ommalashib ketganidan hamma oʻrganib boʻlgan joy nomlari juda koʻp. Ular toʻgʻrilanishi, hech qursa, imlosi toʻgʻrilanishi uchun joy nomlari lugʻati kerak. Bu boʻyicha ish boshladim. Lekin bu lugʻat yaratilguncha ham baʼzi ommaviy yanglishliklarni tuzatib turish mumkin.

📌 Joy nomlarini toʻgʻri yozishning oddiy usuli:

1️⃣ Asliyatga qarash. Asliyatda qanday maʼno anglatishi va yozilishiga eʼtibor berish.

2️⃣ Oʻzbek tili qoidalariga moslash.

👉 Masalan, Nyu York asli inglizcha soʻz: New York. Yangi York degani. Xuddi Yangi Margʻilon degandek gap. Chiziqcha zoti mutlaqo kerak emasligi yaqqol anglashiladi.

Oʻzbek tilida juft va takror soʻzlar chiziqcha bilan yoziladi. Joy nomlari ichida bunday shakldagi soʻzlardan hosil boʻlganlari yoʻq hisobi.

Xato imlosi ommalashgan yana qanday joy nomlarini bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 37
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →