TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2219 6.64K
Sayil va sayl

Sayil
arabcha sayr, yaʼni piyoda yurish soʻzidan. Oʻzbek tiliga tovush oʻzgarishi bilan oʻtgan va maʼnosi ham oʻzgargan. Bu soʻzning tovush oʻzgarishisiz, aynan oʻtgan shakli ham bor, uning maʼnosi farqli.

Sayil oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Bahorda oʻtkaziladigan katta xalq sayr-tomoshalari, sayr-tomosha.

2️⃣ Umuman, katta va tantanali sayr-tomoshalar.

3️⃣ Sayr-tomosha maqsadida aylanib, kezib yurish; sayohat.

Sayil bogʻ iborasi xalq sayillari oʻtkaziladigan katta bogʻ, park, sayilgohni anglatadi. Qovun sayli esa qovunxoʻrlik va sayr-tomosha maqsadida koʻpchilik boʻlib dalaga – qovun polizga chiqishdir.

Sayil oʻziga uchinchi shaxs birlikda egalik qoʻshimchasi qoʻshilsa, odatda tovush tushadi: Navroʻz sayli, gul sayli. Lekin izohli lugʻat misollarida bunday oʻrinlarda sayili shakli ham berilgan. Menimcha, sayli varianti toʻgʻriroq, jonli tilga yaqinroq. Tovush tushishi qonuniyatiga ham mos. Bu xuddi atir va atri shakllariga oʻxshaydi: xushboʻy atir, gul atri.

Izohli lugʻatda sayl soʻzi yoʻq. Lekin sayilgoh soʻzining varianti sifatida saylgoh soʻzi berilgan. Mantiqan olganda, sayl shakli boʻlmagandan keyin saylgoh ham boʻlmaydi-da. Imlo lugʻatiga saylgoh shakli kiritilmagan. Men bu soʻzni har doim sayilgoh shaklida yozish tarafdoriman.

📌 Demak:

Sayil, lola sayli, xalq sayillari ✅
Sayl, lola sayili, xalq sayllari ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 14
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →