TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1249 2.95K
​Atir va atri

Atir soʻzi arab tilidan olingan, asliyatda xushboʻy modda maʼnosiga ega. Oʻzbek tilida xushboʻy moddalarning spirtdagi eritmasidan iborat kosmetik suyuqlikni anglatadi. Hozir spirt qoʻshilmagan atirlar ham ishlab chiqarilyapti.

Bu soʻzga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda koʻpincha bir i tushadi:

Atirgulim, atring qayga taraladi,
Bogʻ ichida kimlar seni saraladi?

Qoʻshiqdan.

Lekin bu holat hamisha ham kuzatilavermaydi:

Bozorov «Landish» atiridan yuziga, sochiga, kitelining yoqasiga surtdi.
I. Rahim, Chin muhabbat.

Xoʻsh, qachon tovush tushadi, qachon tushmaydi? Buning aniq bir qoidasi yoʻq. Lekin oʻzimiz uchun qoida yasab olishimiz mumkin. Agar atir soʻzi obyektning xususiyatini anglatsa, tovush tushadi: maysalarning atri. Atir, yaʼni xushboʻylik belgisi maysaga tegishli. Agar atir soʻzi obyektga oid boʻlsa, uning xususiyatini bildirmasa, tovush tushmaydi: fransuz atiri, erkaklar atiri, ayollar atiri. Bunda atiri soʻzi tegishlilikni anglatyapti. Fransuz, erkaklar, ayollar atirning egalari yoki atir ularga xos.

Atir soʻziga -lar qoʻshimchasi qoʻshilganda tovush tushishi kuzatilmaydi.

📌 Demak:

Atir, gul atri, fransuz atiri, atirlari ✅
Atr, gul atiri, fransuz atri, atrlari ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →