TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2105 4.32K
​Inogʻoch – obkash

Obunachilardan biri ruscha коромысло soʻzi oʻzbekchada nima deyilishi haqida soʻrab qoldi. Qizigʻi, bu savolni dastlab bir bolakay beribdi. Ertak kitobdagi коромысло rasmini koʻrsatib “Bu oʻzbekchada nima boʻladi?” deb soʻrabdi.

Ruscha коромысло soʻzi ikki uchidagi ilmogʻiga chelak osib, yelkada suv va boshqa narsalar tashish uchun moslangan yogʻoch asbobni anglatadi. Izohli lugʻatga koʻra, bu soʻz oʻzbekchada obkash deyiladi. Obkash forschadan, suv tortuvchi, tashuvchi maʼnosida. Lugʻatlardan obkashni ifodalovchi oʻzbekcha soʻz topilmadi. Lekin Xorazm shevasida bor ekan – inogʻoch. Shevalar oʻz bagʻrida durdonalarni saqlaydi, ulardan unumli foydalanish kerak.

Inogʻoch – sof turkiycha soʻz. Iyin va ogʻoch soʻzlaridan yasalgan. Iyin shevada yelkani anglatadi. U egin soʻzining oʻzgargan shakli. Ogʻoch esa daraxt; yogʻoch, xoda maʼnosiga ega. Demak, inogʻoch коромыслоning maʼnosini ortigʻi bilan bera oladi. Bu soʻzdan badiiy adabiyotlar va tarjimalarda albatta foydalanish kerak.

Bu soʻz qozoq tilida inagʻash shaklida ishlatilar ekan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 42
  • 😱 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →