Daraxt va buta
Daraxt fors tilidan olingan, asliyatda ham oʻzbekchadagi kabi maʼnoda ishlatiladi. Tana qoʻyib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik daraxtdir.
Buta soʻzi ham fors tilidan olingan. Asliyatda buta, butazor; naqsh, rasm maʼnolarini beradi. Oʻzbek tilida ham shunga yaqin maʼnolarda qoʻllanadi:
1️⃣ Tagidan shoxlab oʻsadigan mayda pastak daraxt.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: oʻzbek xalq amaliy sanʼatida koʻpincha bir tutam oʻsimlik gulini ifoda etuvchi naqsh.
Daraxt soʻzining sof oʻzbekcha, turkiycha muqobili – ogʻoch. Lekin bu soʻz asosan kitobiy tilda ishlatiladi. Ogʻoch oʻzgarib, bugungi tilda yogʻoch soʻziga aylangan. Yogʻoch daraxtning kesilgan tanasini anglatadi.
Terak – daraxt, anor esa – buta. Daraxt va butaning farqini tabiiy fan mutaxassislari soddaroq tarzda bunday tushuntiradi:
Daraxt – bitta yoʻgʻon yogʻoch poyali oʻsimlik.
Buta – bir nechta yogʻoch poyali oʻsimlik.
Oʻt – yashil poyali oʻsimlik.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1251
2.98K