TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2090 4.21K
​Yulduz turkumlari nomi qanday yoziladi?

Savol:

Katta Ayiq, Kichik Ayiq yulduzlar turkumining nomida ayiq soʻzi kichik harf bilan yoziladimi yoki katta?

Javob:

Yulduz turkumlari nomini yozishda izohli lugʻat chalkashliklarga yoʻl qoʻygan. Masalan, Katta Ayiq soʻzida ayiqni bosh harf bilan bergan. Lekin uning ikki sinonimida keyingi soʻz kichik harf bilan boshlangan: Yetti ogʻayni, Yetti qaroqchi.
Milliy ensiklopediya esa Katta Ayiqda ham, uning maʼnodoshlarida ham barcha soʻzlarni bosh harf bilan yozgan.

Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalariga koʻra, yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan yozilishi kerak. Shu bandda misol tariqasida berilgan Oydagi relyef nomi – Tinchlik dengizi birikmasida ikkinchi soʻz kichik harf bilan yozilgan. Biroq qoidada osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan yozilishi belgilangan. Balki, relyefning oti Tinchlikdir, dengiz soʻzi atoqli ot tarkibiga kirmas. Bu relyef haqida milliy ensiklopediyadan ham, internetdan ham maʼlumot topa olmadim. Boshqa barcha misollarda nomlar bir soʻzdan iborat.

Atoqli ot baʼzan ikki yoki undan ortiq soʻzdan iborat boʻlishi mumkin. Masalan, sifatlovchili joy nomlarida sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi. Okeanlar nomini yozishda ham shunga oʻxshash holat: Shimoliy Muz okeani. Bu yerda okean soʻzi atoqli ot tarkibiga kirmaydi. Okeanning nomi – Shimoliy Muz. Boyagi Tinchlik dengizi birikmasi shunga oʻxshaydi. Shularga tayanadigan boʻlsak, yulduz turkumlari nomida ham har bir soʻzni bosh harf bilan yozish mantiqan toʻgʻri boʻladi.

Albatta, bu – qiyosiy xulosa. Yangilanadigan imlo qoidalarida shu va shu kabi holatlarga oydinlik kiritish kerak. Imlo qoidalari tildagi vaziyatlarni iloji boricha kengroq, toʻlaroq qamrab olishi zarur.

📌 Demak, hozircha:

Katta Ayiq, Yetti Ogʻayni, Katta Yetti Ogʻayni yulduzlari, Katta Ayiq yulduz turkumi ✅

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 21
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →