TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2089 6.15K
​“Boykot” va uning qiziq tarixi

Soʻnggi kunlarda ommaviy axborot vositalari koʻp qoʻllagan soʻzlardan biri boykot boʻldi.

Boykot alohida shaxs, tashkilot yoki davlatni nazar-eʼtibordan chetda qoldirish, yakkalab qoʻyish maqsadida u bilan munosabatlarni toʻliq yoki qisman toʻxtatishdan iborat siyosiy va iqtisodiy kurashni anglatadi.

Boykot oʻzbek tiliga rus tili orqali kirgan. Ruschaga nemis tili vositasida oʻtgan. Asli – inglizcha soʻz. Uning ildizi kishi nomiga borib taqaladi.

1880-yili Irlandiyada yerlarni ijaraga berishda adolat oʻrnatish, yerni erkin oldi-sotdi qilish uchun kurash boshlanadi. Irlandiya milliy yer kengashi hukumatga taʼsir koʻrsatish uchun mahalliy ishchilarni chaqirib oladi. Hosil yigʻish toʻxtatiladi. Britaniyalik yer agenti Charlz Kanningem Boykot (Charles Cunningham Boycott) bu ishtashlash jarayoniga faol qarshilik qiladi. Kengash Boykotni yakkalashni boshlaydi. Qoʻshnilar u bilan muomala qilishni, doʻkonlar esa amaldorga narsa sotishni toʻxtatadi. Odamlar Boykot bilan koʻrishmaslikka va jamoat joylarida unga yaqin oʻtirmaslikka harakat qila boshlaydi.

Boykotga qarshi bu kampaniya Britaniya matbuotida katta shov-shuv koʻtaradi, gazetalar Gʻarbiy Irlandiyaga muxbirlarini joʻnatadi. Hukumat hosil yigʻishga muntazam armiya va politsiyani jalb qiladi. Hisob-kitoblarga koʻra, 500 funt-sterling turadigan hosilni yigʻish kamida 10 000 funt-sterlingga tushadi. Boykot esa Irlandiyani shu yili tark etadi.

Shunday qilib, boykot qilish siyosiy norozilik va tinch qarshilikning standart uslubiga aylanadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 27
  • 🤔 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →