TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2074 3.51K
​Sanksiya – majburlovchi chora

Hozir ommaviy axborot vositalarida tez-tez tilga olinayotgan sanksiya soʻzi huquq va xalqaro huquqda turlicha maʼnoda ishlatiladi. Masalan, huquqbuzarga nisbatan qoʻllanadigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora sanksiyadir. Jinoyatda gumon qilingan shaxsga nisbatan majburiy chora koʻrish uchun prokuror beradigan ruxsat ham sanksiya deyiladi.

Sanksiya lotincha sanctio – buzilmas qonun, mustahkam qaror soʻzidan. Bu soʻzning ildizi qadimgi hind-yevropa tillaridagi saq – qoʻrimoq, himoyalamoq soʻziga borib taqaladi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu asos turkiycha saqlamoq oʻzagi bilan bir xil shaklda ekan 🤔.

Xalqaro huquqda esa sanksiya oʻz xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan qoʻllanadigan taʼsir chorasini anglatadi. Unga qamal, boykot, embargo va boshqalar kiradi.

Halqaro-huquqiy sanksiyalarni alohida yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilotlar qoʻllashi mumkin. Eng koʻp ishlatiladigani – iqtisodiy sanksiyalar.

Sanksiyani majburlovchi choralar ham deyish mumkin. Sanksiyaga tushgan davlat majburiyatlarni ixtiyoriy bajarsa, huquqbuzarlikni toʻxtatsa, majburlovchi choralar ham olib tashlanadi. Aks holda, sanksiyalarni qoʻllash va kengaytirish davom ettiriladi.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 11
  • 🔥 2
  • 🤔 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →