TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1953 39.5K
Mahallabay, fuqarobay, talababay: “bay” nima?

#Soʻragan_edingiz

Bay soʻzi bilan yasalgan yangidan-yangi soʻzlar isteʼmolga kiryapti va juda koʻp ishlatilyapti.

Oʻzi qaydan keldi bu bay soʻzi? Oldin bizda bormidi? Ha, bor edi. Ishbay, kunbay, soatbay, baylashmoq degan soʻzlarni eslang.

Bay soʻzi arabchadan kirgan, asliyatda savdolashish, sotish, kelishish maʼnosini anglatadi. Oʻzbek tilida savdo muomalalarida, ishga yollash va yollanishda har ikki tomonning oʻzaro kelishuvini anglatadi. Qilingan ishga qarab haq toʻlashga kelishilgan boʻlsa – ishbay, necha soat ishlanganiga koʻra haq beriladigan boʻlsa – soatbay boʻladi.

Adabiyotlarda tez-tez uchrab turadigan bayʼat soʻzi ham bay bilan oʻzakdosh.

Mahallabay, fuqarobay, talababay kabi soʻzlarda bu soʻzning maʼnosi oʻzgargan. Ularda ham kelishuv mazmuni oz boʻlsa-da bor. Biroq asosiy maʼno maʼlum bir kesimda ishlashga qaratilgan. Mahallabay ishlash – mahalla kesimida, har bir mahalla bilan alohida ishlash. Fuqarobay – eʼtiborni alohida fuqaroga qaratish. Va hokazo.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 22
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →