Haddi va hadi
Baʼzi bir boʻgʻinli soʻzlar bor, unli bilan tugagan egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda oʻzak oxiridagi tovush orttiriladi. Orttirilmasligi ham mumkin. Lekin bunda maʼno nozikliklari yuzaga keladi. Gap had, haq, his kabi soʻzlar haqida.
Had soʻzi izohli lugʻatda had(d) shaklida berilgan. Bu tovush orttirilishiga ishora. Lekin soʻz hadd shaklida ham qoʻllanishi mumkin: hadd-hisobsiz. Ammo aksariyat holatlarda had shakli ishlatiladi. Bu soʻz unli bilan tugagan egalik qoʻshimchalari yoki -u bogʻlovchisini olganda bir d tovushi orttiradi:
Yasovulboshi haddidan oshib ketdi, toʻylarni buzadi, sozchilarni uradi.
J. Sharipov, Xorazm.
❗️ Bu soʻz unli qoʻshimcha bilan bitta holatda tovush orttirmaydi. Had ilm-fanga oid tushunchani ifodalaganda:
Arifmetik progressiyaning keyingi hadini toping.
Modelning qoldiq hadini tekshirish.
👉 Haqqi va haqi
👉 Hissi va hisi
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1885
4.49K
- 👍 7