TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1844 6.69K
Ibrat olamizmi yo oʻrnak?

#Bisotdan

Koʻpincha ibrat va oʻrnak soʻzlarini bir-birining oʻrnida bemalol qoʻllab ketaveramiz. Aslida, ularning nozik maʼno farqlari bor. Maʼlumot izlab “Izohli lugʻat”ga qaradim. Lekin unda ham maʼno farqlanmagan. “Ibrat” soʻzi arab tilidan olingani, asliyatda oʻgit, pand-nasihat; namuna, oʻrnak maʼnolariga egaligi taʼkidlangan.

Oʻzbek tilida ham ibrat olish asosan xulosa yasash, fikr qilib, toʻgʻri toʻxtamga kelish maʼnosida qoʻllanadi. Oʻrnak esa toʻlasicha ergashish kerak boʻlgan, namunali kishilar, holatlarga nisbatan ishlatiladi. “Izohli lugʻat”da unga “Boshqalar ergashsa, taqlid qilsa arziydigan ish yoki harakat namunasi” deya taʼrif berilgan. Lekin ibratli kishilar yoki ishlarga ergashish, taqlid qilish koʻp hollarda xato.

“Qutlugʻ qon”dan parcha:

– Men koʻrdim teatrni, – hovliqib, pixillab soʻzga kirishdi paxtachi Jamolboy, – Abdishukur qiziqtirgan edi, borsam boray, dedim... Siz uni maktab deysiz, Abdishukur, qanday qilib maktab boʻladi u? Domla qani, shogird qani? Men borganimda bir ilmsiz bolaning bezori boʻlib ketganini koʻrsatishdi, xolos.

– Maktab emas, ibrat deng, – kimdir izoh berdi.

Oybek domla soʻzni juda oʻrnida qoʻllaganini shu misol koʻrsatib turibdi. “Bir ilmsiz bolaning bezori boʻlib ketgani” oʻrnak emas, ibratdir. Chunki birovning xatosi yoki aybidan namuna olinmaydi, koʻrib, eshitib, xulosa qilinadi, bir toʻxtam yoki qarorga kelinadi.

Yaxshi ishlardan ham ibrat olinishi mumkin. Shu ishni qilish yoki uning ziddini qilmaslik ibratdir. Lekin namuna boʻladigan holatlarda yo toʻla ijobiy maʼno koʻzlanganda ibrat soʻzini emas, oʻrnak soʻzini ishlatgan afzal.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Qoʻllanadimi, qoʻllaniladimi? Hatto ziyolilar ham yozishda tez-tez xatoga yoʻl qoʻyadigan soʻz bu. Qoʻllanmoq majhul nisbatda, uning aniq nisbatdagi shakli – qoʻllamoq. Qoʻllamoq oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi: 1️⃣ Yoqlamoq, quvvatlamoq, yordam…
  • 👍 7
  • 🔥 1
  • 😱 1
  • 💯 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →