TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1801 8.91K
“Xilqat” nima degani?

Xilqat
soʻzini goʻzal, chiroyli; fazilat, yaxshi xislat kabi mazmunda tushunish ham uchrab turadi. Lekin bu – xato. Soʻzning maʼnosini toʻliq bilmay yoki taxminiy maʼnoda qoʻllash kulgili va qoʻpol maʼnolar chiqib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

Xilqat arab tilidan kirgan, asliyatda tabiat; tashqi koʻrinish; tuzilish; shakl maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida yaratilgan, bunyodga kelgan narsa yoki kimsani anglatadi. Bu soʻz asosan kitobiy tilda qoʻllanadi:

Bunchalar sirlisan, o qattol olam,
Bunchalar bedilsan, bepoyon xilqat.
A. Oripov.

Bemor menga uzoq tikilib turdi. Xuddi meni birinchi koʻrayotganday, ajib xilqatga tikilayotganday tomosha qildi.
A. Nurmurodov, Urush bevalari.

Etimologik lugʻatda yozilishicha, bu arabcha soʻz xilqat(un) shakliga ega, xaluqa feʼlidan yasalgan va asliyatda koʻrinish, shakl-shamoyil maʼnosini anglatadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →