TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1785 3.18K
Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarmaslik haqida

Adabiy nashrlarda ishlagan paytlarim yosh qalamkashlarning yozganlarida, ayniqsa sheʼrlarida shunga oʻxshash holatlarga koʻp duch kelardim. Muallif oʻzi bilmagan yo maʼnosini chala bilgan soʻzni oʻzi istagan mazmunda qoʻllayveradi. Natijada kulgili yoki qoʻpol maʼnolar chiqib qoladi. Bunga oʻxshash holatlar oddiy yozishmalarda ham kuzatiladi.

Yaqinda bir maqtov gapga koʻzim tushib qoldi. Umumiy mazmuni bunday:

“Siz kabi rahbar bilan yuksak natijalarga erishish mumkin. Xodimlarni doim qoʻllab-quvvatlab, ruhlantirib turasiz. Baliq boshidan, deyishadi... Sizga hurmatim cheksiz. Omad sizni tark etmasin”.

Avvalo maqtovni ommaviy aytmagan yaxshi. Hatto odamning oʻziga ham. Juda zarur boʻlsa, uni havolantirmaydigan, xijolatga solmaydigan maʼnoda eʼtirof qilib qoʻyish mumkin. Lekin koʻpincha shu ham ortiqcha.

Xullas, yuqoridagi gapda “Baliq boshidan, deyishadi” jumlasi koʻzlangan maqsadga zid. Chunki maqolning toʻligʻi “Baliq boshidan sasiydi” koʻrinishiga ega va salbiy mazmun tashiydi. Maqtov gapda bu iboraning turishi mutlaqo ortiqcha. “Siz boshchiligingizda hamma yoqning rasvosi chiqdi. Lekin sizni hurmat qilaman” deganga oʻxshash gap bu 🙃.

Bu holatning oti qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish deyiladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →