TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1792 5.1K
Doʻha – Qatar poytaxti

Qatar poytaxti nomini koʻp joyda Doxa deb yozishadi. Ruschadan tarjima qilganlar shu shaklni olib qoʻya qolsa kerak. Soʻzning asliyati qanaqaligi, oʻzbekcha manbalarda qanday yozilganiga koʻpda eʼtibor berilmaydi.

Qatar poytaxti nomi asliyatda الدوحة – ad-Doʻvha koʻrinishiga ega. Bir taxminga koʻra, shahar nomi arabcha ad-doʻvha – katta daraxt soʻzidan kelib chiqqan. Mahalliy hokimiyat bergan maʼlumotga koʻra esa shahar nomi doʻhat – koʻrfaz, aylana soʻzidan. Chunki shahar atrofi yoy shaklidagi koʻrfazdan iborat.

Koʻp toponimlarni ruscha variantda bergan milliy ensiklopediya Qatar poytaxtini asliyatga mos shaklda yozgan – Doʻha. Hatto Doha shaklida ham emas. Bu men uchun kutilmagan yangilik boʻldi.

Oʻzbekchada doʻha soʻzini bemalol aytish mumkin, bu tilga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shahar nomini ayni shu shaklda ifodalash toʻgʻri.

📌 Demak:

Doʻha ✅
Doha, Doxa ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →