TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1259 3.87K
“Al” va uning imlosi

Oʻzbek tilida arab tilidan kirgan soʻzlar koʻp. Soʻzlar bilan birga arab tilidagi aniq artikl al ham tilimiz chegaralaridan ichkarilagan.

Al artikli qatnashgan birikmalarning qanday yozilishi boʻyicha qatʼiy qoida yoʻq, lekin qatʼiy odat bor. Al artikli qatnashgan soʻzlar ikki xil usulda yoziladi. Chiziqcha bilan ajratilgan yoki chiziqchasiz, soʻzga qoʻshilgan holatda:

1️⃣ “Xazoyin ul-maoniy” devonlari. “Navodir ush-shabob” asari. “Asos ul-balogʻa” asari.

2️⃣ “Xazoyinul maoniy” devonlari. “Navodirush shabob” asari. “Asosul balogʻa” asari.

Men tinish va imlo belgilarini iloji boricha kam qoʻllash prinsipidan kelib chiqib, ikkinchi variantni maʼqul koʻraman.

Al artikli arab tili qoidalariga koʻra fonetik oʻzgarishlarga uchraydi. Biz oʻzbekchada uning oʻqilishini qabul qilamiz va shunday yozamiz.

Bu artikl taxallus va nisbalar tarkibida ham uchraydi. Nisba odatda kishining kasb-kori yoki qayerdan ekanini bildiradi. Masalan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy oʻzbekchada Muhammad Muso oʻgʻli, Xorazmdan yoki xorazmlik Muhammad Muso oʻgʻli boʻladi.

Ismlar tarkibidagi alni oʻzbekchada tushirib qoldirish ham mumkin. Masalan:

Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy.

Al artikili yolgʻiz nisba bilan kelgan oʻrinlarda, agar gap boshida boʻlmasa, kichik harflarda yoziladi:

Al-Fargʻoniy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, az-Zamaxshariy, as-Samarqandiy.

Arabcha shaharlar nomini, jumladan, artikl qatnashgan shahar nomlarini yozganda ruscha yoki inglizchadan shundoqqina koʻchirib qoʻyavermaslik kerak. Masalan, Saudiya Arabistoni poytaxtini Erriyad yoki Er-Riyad deb berish xato boʻladi. Ar-Riyod, Riyod deb berish mumkin. Riyoz deb berish yanada toʻgʻriroq.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 12
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →