Kobeydjing va Gyote
Bu ikki soʻzning nima aloqasi bor, demoqchimisiz? Astoydil harakat qilgan odam bogʻliqlik topa oladi 🙃.
Soʻrovnomada koʻpchilik kobeyjing variantini toʻgʻri deb belgilabdi. Lekin unday emas. Nega?
Kobeydjing ruscha talaffuz varianti emas. Rus tili alifbosida joʻja, joʻra, jahon soʻzlaridagi j tovushini ifodalovchi harf yoʻq. Shuning uchun ular bu tovushni dj harf birikmasi bilan ifodalaydi: Djurabek, Djordan, medjnun, kolledj.
Kobeydjing soʻzi asliyatda ham d va j bilan yoziladi: co-badging. Bunda d – d tovushini, g esa – j tovushini bildiradi. Demak, bu soʻzni oʻzbekchada kobeydjing deb bergan toʻgʻri.
Biz bu soʻzni baribir kobeydjing emas, kobeyjing deb talaffuz qilamiz-ku, degan mulohaza ham boʻlishi mumkin. Toʻgʻri, shunday. Vaqti kelib bu soʻz lugʻatlarga kobeyjing shaklida kiritilsa, shu tarzda yozgan maʼqul. Lekin hozircha bu shaklni toʻgʻri deya olmaymiz.
Xoʻsh, kobeydjingning Gyote bilan bogʻliqligiga kelsak. Oxirgi sakson yilda xorijiy soʻzlarni rus tili orqali olganimiz uchun Heyneni Geyne, Harrini Garri, Hollandiyani Gollandiya, Hamburgni Gamburg, hidroni gidro, hibridni gibrid deb oʻzlashtirdik.
Oʻtgan asrning 90-yillari boshida soʻzlarni asliyatga mos holda yozishga kirishildi. Lekin baʼzi oʻrinlarda xatolar ham kuzatildi. Jumladan, Gyoteni Hyote deb yozish hozirgacha uchrab turadi. Gyote nemischada Goethe deb yoziladi. Demak, oʻzbekchada ham Gyote shaklida berish kerak.
G bilan boshlanuvchi har qanday ism asliyatda H bilan yozilgan boʻlavermaydi. Oʻzlashma soʻzlar imlosini joriy etishda asliyatga bir qarab qoʻyish kerak.
👉 Toʻliq oʻqish
Yanglish yozish odat boʻlib qolgan yoki odatga aylanayotgan yana shunday soʻzlarni bilasizmi? Izohlarda qoldiring.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1637
3.54K