TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1553 3.67K
Moʻrt sovgʻalar

Oʻtgan zamonda bir donishmand bir qishloqqa kelib yashab qoldi. U bolalarni sevar, ular bilan koʻp vaqtini oʻtkazar edi. Yana bir sevimli ishi – oʻyinchoqlar yasab berish edi, biroq faqat moʻrt oʻyinchoqlarnigina sovgʻa qilardi. Bolalar ehtiyotkor boʻlishga qanchalik urinmasin, buning uddasidan chiqa olmas, oʻyinchoqlar sinib qolardi. Bundan xafa boʻlgan jujuqlar bor ovozi bilan yigʻlashga tushardi. Keyinchalik donishmand ularga yanayam moʻrtroq oʻyinchoqlarni hadya qildi.

Nihoyat bolalarning ota-onalari qariyaning oldiga kelib, nolishdi:

– Sen aqlli odamsan, bolalarimizga ham faqat yaxshilikni ravo koʻrasan. Lekin nima uchun bunday tegmanozik narsalarni sovgʻa qilasan? Ular oʻyinchoqlarni asrashga bor kuchlari bilan harakat qilyapti, lekin baribir iloji boʻlmayapti. Soʻng yigʻiga tushishyapti. Oʻynamay deyishsa, oʻyinchoqlaring juda chiroyli.

– Hali koʻp oʻtmay, – dedi jilmayib bunga javoban donishmand, – ularga kimdir yuragini hadya qiladi. Balki, mening bu arzimas oʻyinchoqlarim ularga qadrli narsalarni avaylashni oʻrgatar.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​Egalik qoʻshimchasi ikki bor qoʻshilmaydi Soʻzga bitta vazifadagi qoʻshimcha ikki marta qoʻshilmaydi. Oldin majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzga ikki marta tirkash xato ekani haqida yozgandim. Shu xildagi yanglishlik uchinchi shaxs egalik qoʻshimchalarini…
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →