TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1531 2.57K
​Egalik qoʻshimchasi ikki bor qoʻshilmaydi

Soʻzga bitta vazifadagi qoʻshimcha ikki marta qoʻshilmaydi. Oldin majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzga ikki marta tirkash xato ekani haqida yozgandim.

Shu xildagi yanglishlik uchinchi shaxs egalik qoʻshimchalarini qoʻllashda ham uchrab turadi: tili – tilisi, iloji – ilojisi. Bunday holatlarda ikkinchi egalik qoʻshimchasi -si ortiqcha. Bu qoʻshimcha unli tovushlar bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: onasi, inisi, mavzusi.

📌 Y undoshi bilan tugagan va baʼzi soʻzlarga ham -si qoʻshiladi. Buni qanday aniqlash mumkin? Juda oddiy: y undoshidan oldin i unlisi kelgan boʻlishi kerak: vodiysi, homiysi, voliysi.

-i qoʻshimchasi esa asosan undosh bilan tugagan soʻzlarga, baʼzan unli bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: тили, иложи, китоби, qarori, qishlogʻi, giyohи, манбаи, толеи.

Тили va iloji soʻzlariga -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilib boʻlgan, unga yana -si tirkash ortiqcha va xato.

Lekin tilda qoidaga boʻysunmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Egalik qoʻshimchalarida ham shunday vaziyat bor. III shaxs birlikda singil soʻziga ham -i, ham -si qoʻshiladi va bu toʻgʻri: singlisi.

📌 Demak:

Har kim oʻz ona tilini oʻrganishi kerak. ✅
Ushbu soʻrovni amalga oshirishning iloji yoʻq. ✅
U maktabdan singlisi bilan birga qaytdi. ✅

Har kim oʻz ona tilisini oʻrganishi kerak. ❌
Ushbu soʻrovni amalga oshirishning ilojisi yoʻq. ❌
U maktabdan singli bilan birga qaytdi. ❌

Misollarda keltirilganga oʻxshash yana qanday xatolarni bilasiz? Izohlarda yozing.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  2. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  3. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  4. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  5. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  6. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →