TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1548 3.29K
#Soʻragan_edingiz

Ketma-ket yuklamalar imlosi

Qoʻshimcha koʻrinishidagi yuklamalarning baʼzilari, jumladan, -chi, -a(-ya), -da, -u(-yu), -ku chiziqcha bilan yoziladi: kelsa-chi, bilsa-ya, oʻqisa-da, bildim-u, aytdim-ku.

Xoʻsh, shunday yuklamalar ketma-ket kelib qolsa-chi? Qoidaga koʻra, ular chiziqcha bilan yoziladi:

Unga oʻxshar ekansan-da-a?

Bunaqa qoʻsh yuklamali gap juda kam uchraydi-yu, lekin tilda bor holat. Ketma-ket chiziq qoʻyish koʻzga yoqimsiz. Shuning uchun koʻp kitoblarda, jumladan, izohli lugʻatda bunga oʻxshash holatlar quyidagicha imloda berilgan:

Unga oʻxshar ekansan-da, a?

Izohli lugʻatdan misol:

– Bizning qishloqdan ham maʼlumot borgan ekan-da, a? – dedi.
A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Tinish belgilarini qoʻllashdan maqsad matnni oʻquvchiga tushunarli yetkazish ekanini inobatga olib, -da va -a yuklamalari birin-ketin kelganda ikkinchi yuklamadan oldin vergul qoʻyilishini oqlasa ham, yoqlasa ham boʻladi.

Izohli lugʻat -mi va -a yuklamalari ketma-ket kelgan holatlarda ham baʼzan -a yuklamasidan oldin vergul ishlatgan:

Qani, nonga qaranglar. Jamoliddin, yo oshga urnab yuboraymi, a?
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.

Lekin bu oʻrinda vergul ishlatish oʻzini oqlamaydi, menimcha. Qoidaga koʻra, chiziqcha bilan yozaverish kerak:

Qani, nonga qaranglar. Jamoliddin, yo oshga urnab yuboraymi-a?
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.

Bir soʻzdagi ikkita chiziqcha diqqatni chalgʻitadi. Lekin yuklamalarni chiziqcha bilan yozishni xato deb boʻlmaydi, chunki qoidaga binoan, shunday yozish kerak. Vergul ham, chiziqcha ham ishlatmaslik esa – xato. -a yuklamasini boshqa hollarda vergul bilan yozish ham yanglishdir.

Men chiziqchali qoʻsh yuklama kelgan holatda ikkinchi yuklamadan oldin vergul ishlatishni afzal koʻraman.

📌 Demak:

Buni oldinroq bilgan ekansan-da, a? ✅
Buni oldinroq bilgan ekansan-da-a? ✅

Buni oldinroq bilgan ekansan-da a? ❌
Buni oldinroq bilgan ekansan, a? ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →