TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1540 2.32K
​Nur-Sultonmi yoki Nursulton?

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrining nomi 2019-yili oʻzgartirilib, birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton deb qayta nomlandi.

Shahar nomi kishi otidan olinganini va u oʻzbek tilida bitta soʻz shaklida yozilishini hisobga olsak, soʻzni Nursulton shaklida yozish toʻgʻri. Qoʻshma va juft soʻzlardan tashkil topgan joy nomlarini chiziqcha bilan yozish rus tiliga xos.

Menimcha, qozoq orfografiyasi ham rus tilidagi ana shu qoidani olgan. Chunki qozoqchada ham shahar nomi chiziqcha bilan yozilar ekan. Qizigʻi, Nursulton soʻzi ism sifatida rus tilida ham, qozoq tilida ham qoʻshib yoziladi.

Oʻzbek tili imlosiga koʻra, ikki soʻzdan iborat joy nomlari chiziqcha bilan yozilmaydi: Yangihayot, Xonobod, Hoshimdasht, Quyi Chirchiq, Qurbon Qashqar, Yangi Margʻilon.

Qozoq tili turkiy tillarga mansubligi va oʻzbekchaga qondoshligi sababli qozoqcha soʻzlarning maʼnosini koʻpincha oson tushunamiz. Nursulton soʻzi asli arabcha nur va sulton soʻzlaridan. Har ikki soʻz oʻzbek tilida ham ishlatiladi. Imlo qoidalariga koʻra, ikkinchi qismi turdosh ot boʻlgan joy nomlari qoʻshib yoziladi. Toponim tarkibidagi nur ham, sulton ham turdosh ot.

Xullas, Qozogʻiston poytaxti nomini chiziqcha bilan yozish uchun sabab yoʻq.

📌 Demak:

Nursulton ✅
Nur-Sulton, Nur-sulton ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →