TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1524 32.1K
Soʻz tartibi va maʼno oʻzgarishlari

Gapda soʻzlarning oʻrni oʻzgarishi maʼno oʻzgarishlariga ham olib keladi. Bu ayniqsa bir soʻzning sifat va ravish boʻlib kelishida yaqqol koʻrinadi.

Otlarning sifatini bildirgan soʻz ish-harakatning sifatini bildirish uchun ishlatilsa, ravishga aylanadi. Natijada jumlaning ham mazmuni oʻzgaradi.

Masalan:

Yaxshi kitobni oʻqiyman.
Men yomon kitob oʻqimayman, yaxshi kitoblarni topib, saralab oʻqiyman.

Kitobni yaxshi oʻqiyman.
Mening kitob oʻqish darajam yuqori, tez yoki koʻp oʻqiyman. Bu yerda kitobning yaxshi-yomonligi haqida gap yoʻq.

Birinchi misolda yaxshi soʻzi otni sifatlab kelyapti va sifat soʻz turkumiga oid, ikkinchi jumlada esa feʼlni sifatlayapti va ravishga aylanyapti.

Boshqa bir misol:

Qiziqarli misollarni keltirdi.
U aytgan misollar qiziqarli.

Misollarni qiziqarli keltirdi.
U aytgan misollar qiziq boʻlmasligi ham mumkin. Lekin uning ifoda usuli, aytish darajasi zoʻr. Misollarni qiziqarli tarzda ayta oladi.

Jumla yozayotgan odam nimani sifatlamoqchi ekanini bilishi va soʻzni shunga koʻra tartiblashi kerak. Shu oddiy qoidaga amal qilmaslik yoki soʻz oʻrnining ahamiyatini tushunmaslik katta-kichik xatolarga olib keladi.

Shunga oʻxshash yana qanday misollarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
  2. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  3. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  4. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  5. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  6. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →