TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1478 2.82K
Dyuym va duym

Ikki lugʻatdagi xilmaxilliklar haqida yozganda shu soʻzlarni ham misol qilib keltirgan edim. Menimcha, duym deb yozish toʻgʻri. Nega?

Xalqaro standardda bu soʻz oʻrniga inch, in soʻzlari va ″ belgisi ishlatiladi.

Monitorlarning dioganalini, yaʼni oʻlchamini ifodalashda aynan ana shu dyuymdan foydalaniladi.

Xalqaro metrologiya qonunchiligi tashkiloti bu oʻlcham birligini qoʻllamaslik, isteʼmoldan chiqarishni tavsiya etgan. “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qaror va uning ilovalarida ham dyuym berilmagan.

Bu oʻlchov birligidan hozir asosan AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada foydalanishadi. Yevropaning juda koʻp mamlakatlarida displey ekrani oʻlchovini koʻrsatishda norasmiy oʻlchov birligi sanaladi.

Dyuym turli mamlakatlarda turlicha uzunlikni anglatadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1 dyuym 1958-yildan 2,54 cm ga teng.

Dyuym soʻzi niderlandcha duim (duym) soʻzidan olingan boʻlib, asliyatda bosh barmoq degan maʼnoni anglatadi. Chunki dastlab dyuym bosh barmoqning eniga teng oʻlchovni bildirgan.

Dyuym soʻzini lotincha imloda asliyatga mos tarzda duym shaklida yozgan toʻgʻriroq. Dyuym deb yozish uning ruscha shakli – dyuymni kalka koʻrinishda ifodalash boʻlib qoladi. Kirilchada rus tilidan toʻgʻridan-toʻgʻri olib yozganmiz.

Lotin alifbosidagi lugʻatlarimizning keyingi nashrlarida shu kabi soʻzlarni asliyatga solishtirib koʻrilsa va munosib variant tanlansa, nur ustiga nur boʻlardi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →