TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1452 3.08K
Ichimlik suv

Biror xatoni toʻgʻri deb bilgan va muttasil qilib yurgan kishi uning yanglishligini juda qiyin qabul qiladi. Agar qabul qilsa. Hatto soʻz va iboralar bilan bogʻliq holatda ham shunday.

Ichimlik suvi degan birikmani koʻp eshitamiz, ishlatamiz. Shu ibora – xato. Tag-tugi bilan. Nega? Ichimlik soʻzi oʻzbek tilida ichiladigan narsalarni, masalan, sharbat, suv kabilarni bildiradi. Ichimlik suvi deyilsa, ichimlikning suvi – suvning suvi deganga oʻxshash maʼno hosil boʻladi.

Aslida nima boʻlishi kerak? Ichiladigan yoki ichgulik (bunisi endi ancha oliftaroq 😄) suv. Xoʻp, ichimlik soʻzi bu oʻrinda gʻalati mashhurga aylangan, ichiladigan maʼnosida qoʻllanyapti, deylik. Unda birikmaning toʻgʻri varianti ichimlik suv boʻladi. Chunki u sifatdosh oʻrnida kelyapti, u ifodalaydigan maʼnoni beryapti. Oʻrniga maʼnodoshini qoʻyib koʻrganda ham, suv soʻziga egalik qoʻshimchasi qoʻshilmaydi: ichiladigan suv.
Ekin-tikin uchun va boshqa xoʻjalik maqsadlarida ishlatidagan suv oqova suv boʻladi. Biror oʻzanda doim oqib turadigan suv oqar suv deyiladi. Yer ostidan sizib chiqadigan, zax suvi esa sizot suvdir. Ichimlik suv iborasi xuddi shunga oʻxshash.

Ichimlik ot soʻz turkumiga mansub-ku, ikki ot keladigan soʻz birikmalarida ikkinchi qismga egalik qoʻshimchasi qoʻshiladi, degan eʼtiroz boʻlishi mumkin. Bu oʻrinda ichimlik soʻzi otlik xususiyatini yoʻqotyapti. Xuddi kamon qosh, aʼlochi bola, oʻlchagich asbob, oʻtloq joy kabi birikmalardagi birinchi soʻz kabi. Ayni birikmaga oʻxshash toshkentlik muxlis, fargʻonalik kishi birikmalarini olib koʻraylik. Toshkentlik muxlisi, fargʻonalik kishisi demaymiz-ku!

Ichimlik suvi turaversa-chi, shunga tegib nima qilamiz 🙃 deganga oʻxshash mulohaza ham boʻlishi mumkin. Unda suvning suvi iborasini ham toʻgʻri deyishimiz kerak. Bunchalikka bormay turamiz.

Milliy ensiklopediyada koʻp oʻrinlarda ichimlik suv varianti ishlatilgan, lekin ichimlik suvi tarzida qoʻllangan holatlar ham kam emas. Ensiklopedik lugʻat (1988)da esa ichimlik suv shakli ishlatilgan.

📌 Demak:

Ichimlik suv ✅
Ichimlik suvi ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib ​Tinch okean Bu okean nomini yozishda koʻp xato qilamiz. Oʻzim ham Tinch okeani deb yozish xatoligini bilgunimga qadar shunday yozardim. Nega Tinch okean degan soʻz toʻgʻri? Tinch soʻzi sifat sanaladi va sifatlovchidan keyingi ot egalik qoʻshimchasini olmaydi.…
  • 👍 6
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →