TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1229 2.31K
Qarisi bor uyning parisi yoʻq

Qofiya soʻzni taʼsirchan, esda qolarli qiladigan vosita. Lekin qofiya qilaman deb maʼnoni koʻchada qoldirish yaramaydi.

“Qarisi bor uyning parisi bor” degan maqolni eshitgan boʻlsangiz kerak. Toʻliq shakli:

Qarisi bor uyning parisi bor,
Parisi bor uyning barisi bor.


Mana shu maqolda maʼno koʻchaga quvilgan. Nega deysizmi?

Pari asli forscha soʻz, oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Sharq xalqlari folklorlarida keng tarqalgan, juda goʻzal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz; goʻzallik ramzi.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: juda goʻzal, xushroʻy ayol, nozanin.

Endi shu maqoldagi pari soʻzini bu ikki maʼnoda tushunib koʻring. Mantiqli maʼno topolmadingizmi? Topolmaysiz ham. Qorongʻi uyda qora mushukni topish qiyin, ayniqsa u yoʻq boʻlsa, deyishadi-ku 🙃.

Xonadonda keksalarning borligi bu yerda juda goʻzal qiz qiyofasidagi afsonaviy obrazning yoki juda goʻzal, xushroʻy ayolning ham boʻlishiga olib keladimi? Yoʻq.

Maqolning toʻgʻri varianti: “Qarisi bor uyning farishtasi bor”. Nuroniy otaxon va onaxonlarning yuzida iliqlik, soʻzida hikmat boʻladi. Ular bor joyga fayz kiradi, baraka yogʻiladi.

Yuqorida “Qari bilganni pari bilmas” degan maqolni ham keltirdik. Uning mantiqiy asosi bor. Yoshi ulugʻ kishilar katta bilim va tajribaga ega boʻladi. Xalq ogʻzaki ijodida baʼzan firib va aldov ramzi sifatida talqin etiladigan, chiroyi va afsunlari bilan qahramonlarni sehrlab qoʻyadigan parilar ham qarilar bilgan narsani bilmaydi, keksalarning bilim-tajribasi koʻp degan mazmun kelib chiqadi maqoldan. Demak, bu maqol – mazmunan toʻgʻri.

Albatta, pari soʻzi bu yerda boshqa maʼnoda ishlatilyapti, maʼno koʻchgan deyish ham mumkin. Biroq pari soʻzi maqol talab etayotgan mazmunda boshqa oʻrinlarda ham qoʻllanmaydi. Jumladan, koʻchma maʼnoda ham.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →