TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1177 9.95K
Muqarrar jazo

Bu voqea olis mamlakatlardan birida yuz bergan. Mast holatda mashina haydagani uchun Sofiya ismli ayolni dastlabki surishtiruvga olib kelishdi. 27 yoshli tantiq bu ayol qattiq sarxush edi, oʻziga kelgunicha ancha vaqt aljirab oʻtirdi. Hushiga kelgach esa, gap nimadaligini toʻla-toʻkis anglab, oʻzini qoʻlga oldi. Uni ogʻir jazo kutib turardi. Shu sababli shaharning eng koʻzga koʻringan advokatini yolladi. Huquqshunos bor bilim-mahoratini ishga solib, Sofiyani jazodan qutqarib qoldi.

Boshiga tushgan ishlardan kerakli xulosa chiqarmagan ayol gʻalabasini yuvish uchun barga kirdi. Toʻyguncha ichib, mast boʻldi. Soʻng yana rulga oʻtirdi. Uni bu safar boshqa koʻrgilik qarshi oldi. Yoʻlda kimnidir urib yubordi, nima boʻlayotganini yaxshi anglamay bechorani yigirma metrga qadar sudrab bordi. Koʻrsatilgan tez tibbiy yordam foyda bermadi, kasalxonaga juda ogʻir holatda olib kelingan bemor hayot bilan vidolashdi.

Bu safar Sofiyani hech kim jazodan asrab qola olmadi. Ayol qamoqxonada ekanida bir gapni eshitdi: baxtsiz hodisada qurbon boʻlgan kishi uni oʻtgan gal jazodan qutqarib qolgan advokat ekan.

“Maʼrifat”da chop etilgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →