TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1924 4K
Rol va rul

Talaffuzi yaqinligidan bu ikki soʻz baʼzida chalkashtirib ham qoʻllanadi. Aytilishi oʻxshash boʻlgani bilan, maʼnosi boshqa-boshqa.

(Men oʻzi belgisini ishlatmayman. Bu belgi oʻzbek tili uchun mutlaqo ortiqcha. Koʻpchilikka oson boʻlishi uchun bu postda qoldirdim.
Pyesa, batalyon, bulyon, Ronaldinyo kabi soʻzlarni ham kirilchada pyesa, batalyon, bulyon, Ronaldinyo kabi bergan yaxshiroq. Tushunishga ham qulayroq boʻladi. Lotin alifbosida bu belgidan voz kechildi, shuncha yil ichida unga ehtiyoj ham sezilmadi.)


Rol soʻzi uch xil maʼnoga ega:

1️⃣ Yozuvchi pyesa yoki ssenariyda yaratgan obraz va shunga muvofiq aktyor sahnada, ekranda ijro etgan badiiy obraz: rol ijro etish, bosh rol.

2️⃣ Aktyorning butun pyesa, ssenariy davomidagi nutqi: rolini talqin etmoq.

3️⃣ Koʻchma maʼnoda: kimsaning taʼsir koʻlami, biror narsada ishtirok darajasi, tutgan oʻrni; mavqei: tarixda shaxsning roli, yetakchi rol oʻynaydi.

Men katta rol oʻynaydi, muhim rol bajaradi kabi iboralarni qoʻllamaslikka, matnda boʻlsa tahrirlashga, oʻzbekcharoq variant ishlatishga harakat qilaman. Bu soʻz ruscha igrat rol iborasining kalka tarjimasidir. Uning oʻrniga katta ahamiyatga ega, katta taʼsir koʻrsatdi kabi iboralarni ishlatish yaxshiroq.

Rul soʻzi esa kema, avtomobil, samolyot va shu kabilarning harakat yoʻnalishini boshqarish mexanizmini anglatadi: traktor ruli, rul chambaragi.

📌 Demak:

Mashina ruli, rol ijro etish ✅
Mashina roli, rul ijro etish ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 20
More from @oriftolib
  1. Oct 1, 2026Hujjatli asarni yakunlashning 3 usuli Badiiy asar yaratganda voqealar qanday tugashini old…
  2. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
  3. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  4. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  5. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  6. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →