Lugʻat boyligini qanday oshirish mumkin?
🔹 Kitoblar, maqolalar va badiiy adabiyotlarni koʻp oʻqing. Eng muhimi, ularning maʼno-mazmuniga jiddiy nazar tashlang. Oʻqiganlaringizni kasbdoshlaringiz yoki qiziqqanlarga aytib bering.
🔹 Matnda tushunarsiz soʻzga duch kelsangiz, gapning umumiy mazmunidan maʼnosini chaqib olaman demang. Izohli lugʻatni ochib, soʻzning asl maʼnosini oʻrganing. Xayolingizda shu soʻz qatnashgan gaplar tuzing.
🔹 Oʻzingizni qiziqtirgan sohaga oid soʻzlarni lugʻatdan koʻchirib, qayd qogʻozlarga yozib chiqing. Qaydvaraqchani hamisha oʻzingiz bilan olib yuring. Chunki boʻsh vaqtlarda unga qarab, soʻzlarni esga olish, yodlash mumkin.
🔹 Yangi oʻrganilgan soʻzlarni qofiyaga solib koʻring, ular ishtirokida gaplar tuzing. U anglatadigan maʼnoni tasavvuringizda shakllantirishga harakat qiling.
🔹 Biror-bir soʻzni oʻzlashtirgandan keyin qaydqogʻozni yangisiga almashtiring. Yangi soʻzni oʻrganishga kirishing.
🔹 Ishingiz samarali boʻlishini istasangiz, birdaniga koʻp soʻzni yodlashga kirishmang. Boshida kuniga 7-8 ta soʻz kifoya. Keyinroq qancha soʻzni oʻzlashtirishga qurbingiz yetishi oʻz-oʻzidan oydinlashadi.
🔹 Oʻrganilgan soʻzlarni amalda qoʻllab koʻring. Shunda ular xotirada mustahkam oʻrnashib qoladi.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1170
2.11K