TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1051 2.43K
“Qoʻshganing bilan qoʻsha qari”

Qisqalik, loʻndalik – yaxshi. Lekin soʻz yoki birikmani oʻylamay qisqartirish mazmunning oʻzgarib ketishiga, baʼzida jiddiy buzilishiga sabab boʻladi.

Sarlavhada berilgan gapning mazmunini hech oʻylab koʻrganmisiz? Maʼnosi juda xunuk, toʻgʻrimi?

Jumlaning toʻliqroq varianti – “Alloh qoʻshgani bilan qoʻsha qari”. Bundan ham toʻligʻi va toʻgʻrisi – “Alloh taqdiringni qoʻshgani bilan qoʻsha qari”.

Bu duo-alqash ayniqsa yoshi kattalar tilida koʻp uchraydi. Yoshi ulugʻ, nuroniy kishilar bolasi, nevarasi tengilarga qoʻshilish haqida, agar juda zarur boʻlmasa, gapirmaydi. Bu yerda gap taqdir qoʻshilishi, umr yoʻli birlashishi haqida.

Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir degan maqolning hikmati shu jumla misolida yaqqol koʻrinadi.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 5
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato? Adabiy agent Jessika…
  2. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  3. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  4. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  5. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  6. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →